Statistikaga ko’ra, o’zbeklar brogan sari ko’proq o’z farzandlariga xorijiy kino akterlar, kino qahramonlari nomini bermoqdalar. O’tgan yili O’zbekistonda 654334 bola tug’ilgan, ulardan 336708 o’g’il bolalar va 317623 qiz bolalardir. Toshkentda tug’ilgan bolalar soni 42940 tani tashkil etadi. ( 2007 yilda esa – 39523), shundan 22238 o’g’il va 20702 qiz bolalardir. FARZANDingizga qanday ism qo'ysangiz ham, keyinchalik bu ism unga taqdir bo'lib bitilishi, har doim unga hamroh bo'lishini unutmang, aziz otalar va onalar. O'z navbatida ism ham inson xarakteri va hayotiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. 21 asr gazetasining aniqlashicha, poytaxtda urf bo’lgan bolalar ismlari quyidagicha:
O’g’il bolalar: Abdulla, Abduraxmon, Asilbek, Asfandiyor, Abdulaziz, Biloliddin, Bekzod, Bexruz, Jaxongir, Imron, Ibroxim, Nurmuxammad, Muxammad, Muxammadamin, Muxammadali, Muxammadusuf, Miftoxiddin, Mironshox, Muxammadaziz, Saidamirxon, Shaxboz, Shoxruz, Shaxzodbek, Firdavs, Farxod, Farrux, Bilol, Zelimxon, Zubair, Dovud, Oybek, Umid, Samandar va boshqalar.
Qiz bolalar: Asal, Amina, Anora, Ansora, Yasmina, Robiya, Robiyabonu, Sabina, Sabrina, Samira, Saida, Solixa, Sofiya, Sevinch, Ruxsora, Ruxshona, Muslima, Madina, Maknuna, Muxlisa, Maftuna, Maъsuna, Komila, Kamola, Farangiz, Farzona, Nozanin, Zarina, Zabarjad, Shokira, Shirin, Xadicha, Munisa, Maram, Mubina, Imrona, Nigora, Marjona, Farida, Malika, Feruza, Shaxrizoda, Osiyo va boshqalar.
Shuningdek, ismining so’ngiga «хоn», «bonu», «begim», «zoda», «xo’ja», «bek», «said» va boshqa shu kabi qo’shimchalarni qo’shishmoqda. E’tiborlisi, ko’p ota-onalar FARZANDiga xorijiy serial qahramonlari nomini bermoqda – Esmeralda, Kamilla, Samir, Asadbek, Shohruhhon, Aliya, Amirxon, Rayhon, Juman (serial Jumong).
Boshqa millat vakillari orasida esa Ruslan, Timur, Elena, Aleksandr, David va Shakira kabi ismlar ko’p qo’yilgan. Shuningdek, o’tgan yili oldinlari uchramagan Askol’d va Zlata ismlariham qo’yilgan
|