Ikki xil uslub, ikki xil tashqi ko'rinish, ikki xil dunyoqarash...ikki ayol san'aktor! Ularning bir g'oya asosida birlashtirishni esa taniqli rejissyor uddaladi. Bu millionlab musiqa ixlosmandlari uchun eng ajoyib g'oya sifatida baholanishi mumkin! Axir, buni hech kim kutmagandi. Estradamizdan yorqin qiyofalari, iste'dodli xonandalar Rayhon va Manzurani bir qo'shiq orqali tingladik, bir klipda ko'rdik, kezi kelsa, bir sahnada yonma-yon ko'rasiz! Kino sabab bo'ldi-yu, "Men bu men” nomli saundtrek yaratildi! G'ech kim kutmagan duet! Demakki, duet sabab o'zgarishlar, xonandalar dunyoqarashida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Ular bilan qiziqishni lozim topdik. Ularning qalbiga bir paytning o'zida emas, aloxida nazar soldik. Nazarimizda, bu ham bir kengroq va erkinroq so'zlash uchun imkoniyat...Shunday qilib, navbatdagi suhbatdoshimiz Manzura.
-So'nggi paytda Rayhon bilan birga tez-tez uchrashishingizga to'g'ri kelyapti. Ijodkorlar bunday kezlarda bir birini ko'proq tushunadi va anglay boshlaydi...
-Birga duet ustida ishladik. Ijod qildik. "Men bu men ” film rejissyoridan chiqqan g'oya boshida juda kutilmagan bo'ldi. Bir-birimiz bu g'oyani qanday qabul qilishimiz noma'lum edi. Biroq, fikr noan'anaviyligi bizni rozilikka undadi. U kishining taklifiga binoan "Men bu men” filmiga saundtrek yozdim...tezda qabul kilinmadi! Keyin yana qayta yozdim. Uchinchi yo'nalish oxiyri tasdig'ini oldi.
-Rayhon saundtrekka qanday fikr bildirdi ?
-Unga ham yoqdi.
-She'r tanlash borasida ham ancha o'ylangandirsizlar ?
Albatta. Bir nechta shoirlar urinib ko'rishdi. Film mohiyatiga mos she'rni Yakzon yozdi.
-Shu qo'shiqni tinglab o'zingizga nima oldingiz ?
-Iymon va nafs dunyo yaralibdiki, kurashib kelgan. Qo'shiqni tinglagan sari, film mazmuni haqida xulosa qildim.
-Rayhonning qaysi jihatlarini hurmat qilasiz ?
-Mehnatkash qiz. Tez-tez yangi va qiziqarli kliplar yaratadi. Xamkasblarim orasida o'ziga yarasha yutuklarga erishgan. O'z ovozi va yo'nalishiga ega.
-Uni jonli ijroda tinglaganmisiz ?
-Ha, studiyada tingladim. Yoqdi.
-Sizlar deyarli tengdoshsizlar. Birok Rayxonning yutug'i siznikidan ko'proq. Rayhondan nimalarni o'rganasiz ?
-Bo'lishi mumkin. O'rganish borasiga kelsak....bu haqda o'ylab ko'rmagan ekanman!
-Rayhonning 60 dan ortiq qo'shig'i bor. Qaysi qo'shiqlarini sevib tinglaysiz ?
-«Yallola».
-Bo'ldimi ?
-«Bilmagandim» qo'shig'i ham yoqadi.
-Beyons va Shakira, Britni Spirs va Madonna... Eng omadli ayol duetdoshlar. Bu duetlar haqida nimalar deysiz ?
-Beyons va Shakiraning ijodi juda yoqadi. Mening fikrimcha, ular ijrosidagi duet omadsiz bo'lsa-da, klipdagi harakatlari chakki emas. Britni va Madonna dueti ham o'z paytida katta olqishlarga sazovor bo'lgan.
-E'tibor bilan qarasa, "Afsusdaman” qo'shig'idan keyin juda moda bilan hamnafas yuradigan bo'ldingiz. Boisi ?
-Klipimda yangilik qilmoqchi bo'ldim. Izlandim va davom etyapman. Muxlislarim va san'atga juda hurmatim baland. Chunki, san'atkor harakatiga yarasha ular mehr beradi. Ularning umidini cho'ktirmaslikka harakat qilaman.
-O'zingizni yosh qizaloqlardek tutasiz. Bu xarakter erkatoyligingizdanmi ?
-Balki erkatoyman...Aslida san'atkorlar 100 ga kirsa xam ruhan yosh bo'ladi.
-Ma'naviy olamingizni boyitish uchun nimalar qilasiz ?
-Yaxshi kinolar ko'raman, psixologik kitoblar o'qiyman. Yaxshi insonlar bilan suhbatlashaman.
-So'nggi marta qaysi yaxshi suhbatdosh bilan uchrashgandan mamnunsiz ?
-Shuhrat Abbasov.
-Bosh suyanib dard aytadigan insoningiz ?
-Uydagi yaqinlarim, onam, opam...
-Plastik operatsiyalarga necha marotaba murojaat etgansiz ?
-Fakat bir marta. Buni bekitmayman.
-Qo'shik aytayotganingizda ustoz san'atkorlar kelib qolsa qanday yo'l tutasiz ?
-Yaxshi muomala qilib, salomimni beraman.
-Navbat talashishlarga duch kelib turasizmi ?
-Bunday bo'lmagan. Ustozlarimizni navbatda kuttirmayman.
-Nega Vatan haqida kuylaymaysiz ?
-Kuylaganman. "Vatan” nomli taronamni Arslon Karim she'ri va o'z musiqam bilan ikki yil oldin yaratganman.
-Otangiz bilan ijodingiz borasida qay darajada tez-tez muloqott qilasiz ?
-Otam har bir klipimni ko'rib fikrini bildiradi. Tanqid kiladi, tahlil qiladi. Otamga oxirgi kliplarim juda ma'qul kelyapti. Rassom bulganliklari uchun kliplarimga rang berilish jihati juda qiziq.
-Uyingizdagilar sizning qaysi qo'shig'ingizni sevib tinglashadi ?
-«Meni sev”, "Tushlarimga kir”.
-Qaysi davlat sahnasida qo'shiq kuylashni orzu qilasiz ?
-Qaysi davlat sahnasi bo'lishidan qat'iy nazar, o'z yurtim sahnasida kuylash men uchun sharaf.
-Eng katta yo'qotishingiz ?
-Tom ma'noda vaqt!
-«Sevginator»dan qancha gonorar oldingiz ?
-Bu sir.
-Fakat shu filmning davomiy qismlarda rol ijro etasizmi ?
-Albatta.
-Nega haligacha "Istiqlol” san'at saroyida konsert bermagansiz ?
-Sarf-xarajatlari juda qimmat. Lekin rejada bor. Biroq, konsertga safrlanadigan mablag'ning hammasini bo'lmasa da, yarmini kliplarim va ijodlarimga sarflayapman.
-Yangi qayta tug'ilish imkoni bo'lganida....
-San'atkor yoki shifokor bo'lardim.
-Hayvonot va o'simlik dunyosiga qiziqasizmi ?
-Qushlardan to'tiqush, gullarni yaxshi ko'raman....Uyim to'la gul bo'lmasa-da, biros qiziqishim katta.
-O'zbek shou-biznesida nimalar o'zgarishini, qanday orzularingiz amalga oshishini xohlaysiz ?
-Orzularim amalga oshyapti. Shukr. O'zbek san'ati yer sharida targ'ibot qilinishini xohlardim. Uning jo'g'rofiy kengayishini istayman. Kliplarim jahon andozalari darajasida bo'lib, san'at asari darajasida qabul qilinishi katta orzularimdan biri.
-Xorijlik muxlislar oldida qaysi qo'shig'ingizning o'zbekona yuz sifatida ko'rsatib kuylashingiz mumkin ?
-Oxirgi qo'shiqlarim va eng yangisini.
-Kezi kelib, hammasidan ayrilganingizda ham nima sizga dalda bo'lib qolishi mumkinq Ko'nglingizni to'q tutadigan narsa ?
-Omadlarim. Shukrim ila harakatlarim. Ular beradigan kuch. 14 yildan beri ozmi-ko'pmi omadlar qurshovidaman!
-Men bu men... shunday tasdiq hayotingizda qay darajada ahamiyatga ega bo'lgan?
-Har doim, har kuni har bir inson o'zi uchun kimligini tasdiqlashi kerak. Shunday ekan, bu isbot va tasdiq avvalo. o'zimni teran anglashdan boshlanadi.O'zimni izlashda davom etaman. Qayerdadir adashaman, tanqidga uchrayman, omadsizlikka uchrayman Muhimi, men to'xtab qolmay, intilishimda davom etaman. Men "men”imni mana shunday qilib topaman. Inson o'z mehnati bilan o'ziga savol berishi kerak: "Bugun men nima qildimq” Inson o'z bilimi, xohish va istaklari bilan o'zini topadi, boshqalar esa xulosa qiladi.
|