Duet-Duel sahifasi yana siz bilan.
O’tgan galgi sahifamiz yuzasidan juda ko’p takliflar oldik. Siz tavsiya
qilgan san’atkorlar bilan imkon qadar bog’lanishga urindik, ammo
Shahzoda konsertga taraddudlanayotgani, Ali Otajonov abituriyentligi
uchun ular bilan suhbatlasha olmadik. Ammo mana takliflaringizga binoan
Manzura hamda Yodgor Mirzajonovni bu galgi sahifamizga mehmon sifatida
tanladik. Demak "Duet-Duel” da Manzura va Yodgor:
Ilk savolimiz: Mashhur Bo’lishingizda yaratgan qo’shiqlaringiz turtki bo’ldimi yoki tashqi ko’rinishingizdagi jozibangizmi?
Yodgor: Buncha
boshidanoq savollaringiz qiyin (Kulib)? Menimcha qo’shiqlarim. Joziba
qizlarda bo’ladida. Qo’shiqlarimni yurakdan kuylayman.
Manzura: Ochig’i
shou-biznesda tashqi ko’rinish ham muhim bo’lib qolgan. Menimcha har
ikkisi. Syomkadan avval har qanday san’atkor ham grim qiladi-ku.
2-savol: Oila uchun san’atdan voz kecha olasizmi?
Yodgor:
Albatta, men uchun oila muhimroq. Ammo turmush o’rtog’im meni
tushunishini istayman. Olloh nasib etsa bunday holat bo’lmaydi. Men
tushunadigan qizga uylanaman.
Manzura: Ana xolos, ayni shu
savolni bermasangizda deb turgandim, baribir berdingiz. Men san’atni
tanlayman. Chunki men qo’shiq aytmasam turmush o’rtog’imga ham qiziq
jihatim qolmaydi deb o’ylayman. U meni shakllangan san’atkor ko’rgani
holda uylanadiku axir.
3-Savol:Sir bo’lmasa sevganingiz bormi?
Yodgor: Yo’q, yo’q, yo’q.Hali o’z sevganimni uchratganim yo’q.
Manzura: Bu sir desam bo’ladimi?
Ochig’i ishq izhor qilganlar ko’p bo’lgan ammo yurakdagisini
uchratmadim. (Va nihoyat bir mavzuda fikrlar o’xshash chiqdi).
4-Savol:
Kinolarda rol o’ynaysiz? Tanqid qilishdi va jarayon shunga borib
yetdiki ikkisidan birini tanlash kerak qay birini tanlardingiz?
Yodgor: Mutaxassisligim aktyorlik
bo’lsa ham qo’shiqchilik bilan tanildim. Ammo ijodimni kliplardagi
rollarim bilan boshlaganman. Muzaffar Abduazimovning "Yorim bo’l” nomli
klipidan ijodim boshlangan. Ammo to’g’risi o’ylab ko’rsam
Qo’shiqchilikni tanlar ekanman.
Manzura: Qat’iyan qo’shiqchilikni.
So’nggi savolimiz: qo’shiqchilikdagi yo’nalishingizni o’zgartirasizmi? Imidjingiznichi?
Yodgor: Yo’nalishimni o’zgartirmayman, o’zi shundoq ham turli
yo’nalishlarda kuylayapmanku, ammo rep aytish niyatim yo’q (Kuladi).
Imidjimni yoshga qarab o’zgartiramizda endi. Hozirga yaxshi shekilli a?
Manzura: Yo’nalishimni o’zgartiraman
, albatta. Imidjimni har qo’shig’imga olingan klipda har xilga
buramanku. Ochig’I "Love you” nomli qo’shig’imga olingan klipni qattiq
tanqid qilishgan ammo shunda ham yo’nalishimni o’zgartirmaganman.
Mana bu galgi sahifamiz ham
yakunlandi. To’g’risi bu san’atkorlar asl Duelni namoyon etishdi.
Keyingi sahifamiz kelgusi haftaning Seshanba kuni chiqariladi. Ungacha
esa takliflaringizni kutib qolamiz. Biz bilan birga bo’ling.
|