Salom forumdosh va dindosh do'stlarim. Man 1-oktyabr kuni soat 20:12-larda o'z do'konimda ekspress karta sotayotgan edim. Shunday bitta odam kelib mandan 4-ta karta sotib oldi:Pullari 500so'm va 1000so'mlik edi. Manga pulini sanab uzatdi. Shunday pulini sanayotib man pullarini ichidan $ 100 lik aqsh dollaridan 8-tasini ko'rdim. Keyin o'yladim man pullarini ko'rib (tormoz) bo'p qoldim. Nima uchun diganda manga"Iphone" markali telefon olishga pul kerakidi. Lek o'yladim Alloh toalo manga sinab berdimi yoki silabmi. Men pullarini shu zaxot qaytardim. Lekin u manga shunchaki raxmat dediyu indamiy chiqib ketuvurdi. Axir xar holda oz pulmasku axir...
Man o'zimmi to'g'ri yo'l tutdim deb o'yliyman. Chunki halol topilgan pulga nima yetsin...