So'nggi paytda ketma-ketlik bilan mahzun ohangdagi qo'shiqlarini taqdim qilib kelgan Ulug'bek Rahmatullaev, shu kunlarda yangi qo'shiq ustida ish olib bormoqda. Yangi qo'shiq avvalgi qo'shiqlaridan tubdan farq qiladi...
Nimasi bilan farq qiladi deysizmi? Albatta aytilish uslubi va yo'nalishi bilan... Shoir va bastakor Shahnoz so'zi bilan jarang sochadigan ushbu tarona sho'x ohangda yaratilmoqda. Qo'shiqning nomi hozircha noma'lum bo'lib turibdi. Ammo tez orada Ulug'bek Rahmatullaev qo'shiqning nomini e'lon qilishini aytib o'tdi.