YAKSHANBA, 2024.12.29, 10:43
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 2
MEXMON 2
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Январь » 19 » MADINA MUMTOZ. KINONI TARK ETGAN...
18:50
MADINA MUMTOZ. KINONI TARK ETGAN...

Bir oycha oldin Madina Mumtoz kinoni tark etgani va bundan buyon filmlarda suratga tushmasligi haqida xabar berdi. Nega bunday qilganini hech kim tushunmadi. Nega desangiz u hali mashhur aktrisaga ham aylanmagan, filmlarda endigina ishtirok etayotgandi va hokazo. Qolaversa, u mashhur aktrisa Ra’no Yarashevaning qizi bo’lsa. Xullas, san’at olamida endigina bo’y ko’rsatib kelayotgan iste’dod egasi bilan suhbat qilishga qaror qildik. Axir u o’tgan yilda juda samarali ijod qildi. Bir qator filmlarda rol ijro etdi, uch-to’rtta qo’shiq, bir nechta duetlar kuyladi. Hattoki, "Nihol” mukofoti sovrindoriga aylandi. Bugun u nufuzli davlat tadbirlarida ham ishtirok etib kelyapti. Demak, Madina Mumtoz yoshiga munosib ishlarni amalga oshira olyapti...


Bolalik va oilasiga oid

— Onangiz bir suhbatda qizim o’zimning yoshligimga o’xshaydi, yerga ursang ko’kka sapchiydigan degandi. Bugun-chi?

— Yo’q. Biroz bosilib qoldim. Lekin haliyam o’sha-o’sha kichikkina qizaloq Madinaman!

— Uy ishlarida onangizning qaysi buyruqlarini bajargingiz kelmaydi?

— Idish yuvishni negadur juda yomon ko’raman. Lekin chala yuvilgan idishlarni ko’rsam jinim suymaydi. Shuning uchun garchi bu ish menga yoqmasa-da, tozalab yuvishga majbur bo’laman. Qolgan hamma ishlarda Madinani sidqidildan mehnatkashligiga tan berishingiz mumkin.

— Bog’chada qanday qizaloq bo’lgansiz. Doim yig’lab hammaning xunobini oshiradiganmi yoki...

— O-o, bog’cha mening eng sevimli maskanim edi. Bog’cha opalarim meni juda yaxshi ko’rishganidan qo’llaridan qo’yishmasdi. Qolaversa, bog’chadagi eng yaxshi narsalarni ham tarbiyachilarim menga ravo ko’rishardi. Shunaqa munosabat bo’lgani uchunmi hatto yakshanba kuni ham bog’chaga ketib qolardim. Uydagilar esa meni qidirib rosa xunob bo’lishardi.

— Bolalik orzularingiz qanaqa edi?

— Bolalikda orzulari olam qizaloq edim. Allohga behisob shukur-ki hamma orzularim birin-ketin amalga oshdi. Yana ozginasi qoldi. Ularga ham erishish uchun tinimsiz harakat qilyapman.

— Teatr yoki kino bilan bog’liq bolalik xotiralaringiz?

— Esimni tanibmanki teatrdaman. Teatr mening ikkinchi uyim bo’lib qolgan, desam ham yanglishmayman. U yerdagi juda ko’p spektakllarda qatnashganman, tayyorgarlik jarayonlarini kuzatganman va sahna qonun-qoidalarini o’rganganman.

— Onangiz bir qancha ishlarni amalga oshiradi. Jumladan u aktrisa, u shoira, u tadbirkor va hokazo... Siz-chi?

— Men talaba, haydovchi, qo’shiqchi, amma, singil, farzand, boshlovchi, do’st... Yana davom ettiraveraymi? (kuladi)

— Yetadi. Onangizdan haligacha eshitadigan tanbehingiz va nima uchun?

— Gap qaytarganim uchun.

Maktab

— Maktabda qaysi fanlarni umuman o’zlashtirolmagansiz?

— Algebra, geometriya, ximiya va fizika fanlarini.

— Demak, ikki baho ham serob bo’lgan ekan-da?

— Yo’q. Beshinchi sinfgacha besh bahoga o’qiganman, keyin to’rtga tushib qoldim. Ammo hech qachon ikki olmaganman.

— Siz  xafa qilib haligacha unutolmayotgan o’qituvchingiz, sinfdoshingiz yoki kursdoshingiz?

— Bunaqasi bo’lmagan ekan. Bo’lgan bo’lsa ham esimda yo’q. (kuladi) Qanchalik beshafqat insonman-a?

— Sizni xafa qilgan do’stingiz. Haligacha siz uni kechira olmaysiz?

— Bolaligimda bir inson bilan do’st bo’lishdan oldin o’sha inson bilan qattiq janjallashardim, hatto mushtlashardim ham, hozir o’sha insonlar bilan qadrdon do’stmiz. Haligacha bir-birimiz bilan inoqmiz.

— Kim bilan qattiq janjallashib qolgansiz?

— Xonanda Sherzodbek bilan. Hozir esa do’stmiz va 6 yildan beri birga o’qiymiz

— Sizga shu paytgacha bildirilmagan ishonch? Qaysi ishda sizga haligacha ishonishmaydi?

— O, zo’r savol. Umuman olganda hamma ishning uddasidan chiqqanman. Agar biror ishni a’lo darajada uddalay olmasam, menga ishonmay qo’yishlarini bilaman.

Ijod

— Ilk marotaba sizni onangizning iltimosi bilan filmga olishgan ekan-a?

— Bo’lmagan gap! Onam Shoira Raufboyevaning "Lola” filmida rol o’ynaganimni bilmaganlar ham. Film chiqqanidan keyingina nega unaqa rol ijro etding, deb mendan xafa bo’lgan edilar.

— Bugun takliflar qay darajada bo’lyapti. Ya’ni Madina Mumtoz rejissyorlar tanlab chaqiradigan aktrisaga aylana oldimi?

— Barcha takliflarga rad javobini beryapman. Negaki, Madina Mumtoz kino olamini tark etdi va buni rasmiy ravishda e’lon qilib bo’ldi.

— Nega to’satdan bunaqa qarorga keldingiz. Yoki kimdir sendan yaxshi aktrisa chiqmaydi, deb ochiq gapirdimi?

— Bunaqa gap-so’zlar bo’lmadi. Lekin rejissyorlar meni qo’pol, dangalchi qiz obraziga solib qo’yishdi. Men esa kuchli rollarni o’ynashni xohlardim. Shuning uchun kinoni tark etdim. Qachon shunaqa rol berishar ekan, deb kutgim kelmadi.

— Kino olamida qaysi rejissyorning ishonchini qozona oldim, deb o’ylaysiz?

— Nazarimda Jahongir aka Qosimovning ishonchlarini qozona oldim, yana bilmadim.

— Aktrisalikni tark etdingiz. Qo’shiqchilikda omadingiz chopmasa-chi?

— Bunaqa fikrdan yiroqman. Axir yaxshi niyat yarim davlat, hech kim inkor etmagan, yomon niyat bilan hech dil murodiga yetmagan. Niyatingizni astoydil qilsangiz hammasi yaxshi bo’ladi.

— Shou-biznes olamida hali qadamlaringiz shakllanmay turib anchagina gap-so’zlarni eshitdingiz. Qaysidir bayramda ataylab yig’ladi, deyishdi...

— Ha, bu menga og’ir botdi. Lekin bunga e’tibor bermadim. O’sha gapni chiqarganlarning o’zi shunaqa qilsa kerak. O’sha ko’z yoshlar o’sha kungi sevinchim va qayg’uyim ifodasi edi.

— Ziyoda bilan bir nechta tadbirlarda birga edingiz. Dugona bo’voldinglarmi?

— Ziyoda mening 12-13 yillik dugonam. Bolaligimizda yozgi ta’til kunlarini ustozimiz Umida Mirhamidovanikida o’tkazardik va birinchi bora o’sha yerda tanishganmiz. Keyinchalik esa "Tantana” bolalar guruhiga birga qatnaganmiz. Uni judayam hurmat qilaman. Ziyoda haqiqiy INSON va SAN`ATKOR.

— Birato’la bir nechta duetlar kuylab tashladingiz. Bu Madinaning tezroq mashhur bo’lish taktikasimi yoki shunga majbur bo’ldimi?

— Birinchi kuylagan duetdoshlarim umuman mashhur emas edi. Shuning uchun tezroq mashhur bo’lish degan so’zni olib tashlaymiz. Qolaversa, majbur ham emasdim. Shunchaki taklif etilgan qo’shiqlar o’zimga judayam manzur bo’lgan.

— Baribir bu kuylangan duetlar anchagina xarajatlar talab qilgani aniq. Pullarga achinmadingizmi yoki siz ularga pul sarflamaganmisiz?

— Ayrim duetlarda xarajatlar o’rtada bo’lgan. Ayrimlarida esa "jentelmenlik” qilishgan. Shuning uchun achinmayman.

— Kuylangan duetlaringizdan qaysi bir siz uchun foydali bo’ldi?

— Diyor Mahkamov va Samandar aka bilan aytgan duetim ko’pchilikka yoqdi va ommalashdi.

— Kubayeva, Eshonqulova, Yusupova qaysi birini birinchi bo’lib tilga olgan bo’lardingiz?

— Kubayeva!

— Bugun kimlar bilan birga ishlayapsiz?

— Har doim har xil. Ayni kunda Akmal Mirzo musiqasi, Ilhom Xamro so’zi va Mirodilla Hakimov musiqa bezagi bilan bir qo’shiq tayyorlayapmiz.

— 2011 yil uchun mo’ljallagan ijodiy rejangiz?

— Ilk albomimni chiqarish, yaxshi tarona va kliplar, ijodiy safarlar mo’ljallaganmiz.


MA`LUMOTLAR:

Ilk o’qigan kitobi: Bolaligida ertaklar o’qigan. 12-13 yoshida esa "Choliqushi” asarini uch marta yig’lab o’qib chiqqan.

Ilk o’qituvchisi: Lyudmila Mixaylovna.

Ilk sinfdoshi: Xonanda Sitora Ahmedova.

Ilk do’sti: Bog’chadagi Yulduz ismli qiz.

Ilk janjali: 3-4 sinfda o’qiyotganida Nozima ismli qiz bilan sinfdoshlarini u bilan gaplashmaslikka ko’ndirgani uchun janjallashgan.

Ilk aldagani: 5-sinfda darsdan keyin dugonalari bilan arqon sakrab uyiga 30 daqiqa kech qolib keladi va onasini bugun sinfni tozaladik, deya aldagan.

Ilk tomosha qilgan filmi: "Sangam”.

Ilk qo’shig’i: "Soqinomai safti kalon” maqomi va "Bibijon” nomli ozarbayjon xalq qo’shig’i kuylagan.

Ilk roli: "Lola”.
Ilk mashinasi: "Matiz”.

 

Baxtiyor RASULOV


mashhur.uz

Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 1942 | Добавил: BEKO | Теги: Madina, ETGAN..., MUMTOZ., tark, KINONI | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Январь 2011  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
         12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930
    31
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz