Shamol xazonlarni yuzga uradi. O'zini-o'zi ham tushunmay hayron, Ma'suma qizaloq, Jim o'y suradi... Hayoli parishon, Kayfiyat taroq. Go'yo xotirasi o'chib ketmoqda... Shirin umidlari bo'lishib yiroq, Bir-bir qushlar kabi uchib ketmoqda... Xazonrezgi fasl barglarni to'kar, To'ka olmaydi u ammo dardlarin... Changini yeng bilan artib, so'ng ochar, Qayg'udan sarg'ayib ketgan daftarin... Varaqlab ko'radi... Yozuvlar o'sha... Ammo qalbi uning o'sha-o'shamas. Qachonlar ishqidan to'lib tosha, O'zi yozganiga sira o'xshamas... Ha... Esladi, Unda navbahor edi... Undan so'ng hattoki yoz bo'ldi yiroq. Endi mavhumlikka asira bo'lib... Jim hayol surmoqda ma'sum qizaloq... Kuz... Xazon yaproqlar... Bulutli osmon...