Qiz bir yigitni sevdi. Xayoli unga bog'landi - qo'ydi... O'y-fikri unda bo'ldi - qoldi. Tushida ham o'ngida ham ... Uni kutib yurdi...Uni kutib turdi...Ko'zlari toliqib ketdi.... Yuragi otliqib ketdi... Baribir kutdi.... Kutaverdi, kutaverdi. Kelgan sovchilarni qaytaraverdi..... << Qizimning dardi borga o'xshaydi>> - dedi otasi. << Sevganing bo'lsa ayt>> - dedi onasi. Qiz dardini aytmadi. Aytolmadi. Hayo degan, ibo degan devor bor edi o'rtada. Devordan xatlab o'tolmadi. Yigit esa qizni payqamadi ham....Sevishini bilmadi ham... Hayo va ibo ortida turgan yurakning dukur-dukurini eshitmadi ham....Bilganida ehtimol....Bu qizni qo'ldan chiqarmasmidi.... Boshqaga uylanmasmidi.... Qiz shundan so'ng umidini uzdi... Turmushga chiqdi... Farzand ko'rdi. Bir paytlar yuragi kimgadir intilganini o'zidan boshqa hech kim bilmadi.... Sevgisini qalbining bir chekkasiga ko'mib qo'ydi va qaytib kovlamadi....U oila deb atalmish girdobga tushib ketdi....!