Статистика |
XOZIR SAYTDA 4 MEXMON 4 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июль » 10 » Larzaga solgan voqea...
21:59 Larzaga solgan voqea... |
O’zgalar haqiga xiyonat qilish - juda og’ir gunox… Bu voqea yaqinda
bo’ldi. Meni ham larzaga soldi bu voqea… Buni bilganlar hayratdan yoqa
ushlashdi… ........ qishlog’ilik bir kishi ....... degan joydan 5-6 ta
ayollarni o’zining yeriga ishga yollabdi. Xullas, ayollarni kun bo’yi
ovqatsiz, suvsiz rosa ishlatibdi. Kechki payt ish haqini berishga
kelganda, allanarsalarni baxona qilib, xaydab yuboribdi. Ayollar juda
norozi bo’lishibdi. Qarg’ishlar, qarg’ishlar, qarg’ishlar… Tun bo’lib
qolgan, ayollar ko’chada, o’zga bir joylarda sarson-sargardon… Shu payt
ularning oldiga yengil mashina kelib to’xtabdi. Shofyor ayollardan
bo’lgan voqeani eshitgach, "Qani o’tiringlar mashinaga”,debdi. Shofyor
ayollarni kafega olib borib, rosa mexmon qilibdi va qo’llariga bir
dastadan pul tutqazibdi. -Opajonlar, bugun men ota bo’ldim! Bunday
kunni naq o’n bir yil kutdim. Tug’ruqxonadan chiqarkanman birinchi
uchragan insonga yaxshilik qilaman, deb dilimga tuggandim. Olloh
sizlarni ro’para qilgan ekan, beadad shukurlar bo’lsin!
Oradan
bir haftalar chamasi vaqt o’tdi… Ayollarni norozi qilib haydagan
odamning uyi oldida beliga belbog’ bog’lab, azadan darak beruvchi
faryod ovozlari eshitilib turardi. Kimdir buni bandalik, dedi… Kimdir
haqini ololmay, uy egasini qarg’ab ketgan ayollarni esladi… Tepadagi
oliy va odil hakam hammasini ko’rib turibdi…
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 1302 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|