Статистика |
XOZIR SAYTDA 7 MEXMON 7 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Октябрь » 16 » La'natlangan kelinchak yohud hijobga hiyonat
13:30 La'natlangan kelinchak yohud hijobga hiyonat |
Bu voqea azim Toshkent shaxrida tug'ilib o'sgan do'stim Nodirbekning boshidan o'tkazgan kechinmalari.
Aziza ismli qiz bilan internetda tanishib qoldim. Odatdagi qizlardan aqli va fikrlash dunyosining go'zalligi bilan ajralib turardi. Unga bog'lanib qoldim. Keyin hijobga kirishini so'radim lekin majburlamadim. U hijobga kirganini aytgan kun mandan bahtli yigit bu dunyoda yo'q edi. Ora orada uchrashib turardik. Kunlarning birida Aziza uyiga sovchilar kelayotgani haqida gapirib qoldi. Shuncha vaqtdan beri unga bog'lanib qolganmanu lekin biror marta sevishimni aytmagan ekanman. Uni uchrashuvga taklif qildim va qalbimdagilarni unga aytdim. Lekin Aziza Nodir aka man ota-onamni gapini ikki qilolmayman, baxtizni boshqadan izlang. Baxtli bo'ling.... deb ketib qoldi. Mani Azizaga bolgan sevgim uni ortidan obordi poylab borib Azizani uyini topdim. Keyin onamni sovchilikka yubormoqchi edim. Lekin avval uni ota-onasining oldidan o'tmoqchi bo'ldim va pastda oynab o'tirgan bollardan Azizani qaysi xonadonda turishini so'radim, haligi bola amaki Aziza kenayim 20 xonada turadila dedi. Kenayim?! Tushunmadim u sanga qanaqa kenayi bo'ladi deb soradim. Haligi bola Aziza kenayim Rasul amakimni xotinlari bo'ladi deb javob berdi. Man hayron boldim, balkim bu bola adashayotgandir. Keyin yaxshilab surishtirib ko'rsam Aziza turmushga chiqqan asli hijobdagi kelinchak ekan. Rosa jahlim chiqdi, nahotki shuncha vaqtdan beri sevgimni qozongan qiz birovni hasmi bo'lsa?! Aziza bilan gaplashib oldim nima uchun bunaqa qilgani sababini so'radim va gaplarim so'ngida barini eringga aytib beraman dedim. Shunda u manga yalinib yig'lay boshladi: Nodir aka shundog'am mani Alloh urib bo'lgan 8 yildan beri farzandimiz yo'q. Man umuman ona bo'lolmayman. Turmush o'rtog'im bilan bormagan doktorimiz, ko'rinmagan mullamiz qolmadi bari befoyda ekan. Iltimos hayotimni buzmang, mani kechiring. Shunaqa tushingan umr yo'ldshing bor ekan unga rahmat aytish evaziga muhabbatiga hiyonat qilding, sani ayol emassan. Ayol nomiga noloyiq iblissan. Sandaqa ayolla ayol nomiga, hijobalar nomiga dog' tushiradi. Hech qachon kechirmayman. Sani Allohga topshirdim, bu kormishlaring sanga dars bolmagan ekan. Yo'qol ko'zimdan qaytib ko'zimga ko'rinma! Unga shu gaplarni ayttimu ich-ichimdan yig'ladim, man Azizani emas u yaratgan soxta obrazni sevgan ekanman. Bu esa u obrazga umuman oxshamaydi. Nahotki hijobni shu maqsadda tanlagan bo'lasa?! Haligacha uni kechirolmayapman.
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 3824 |
Добавил: Anjela
| Рейтинг: 3.7/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|