Главная » 2011»Июнь»22 » Kutib oling: yangi Mozilla Firefox 5 brauzeri
22:08
Kutib oling: yangi Mozilla Firefox 5 brauzeri
Firefox 4 brauzeri foydalanuvchilar ixtiyoriga havola etilganidan so‘ng oradan atigi uch oy o‘tib uning navbatdagi Firefox 5 versiyasi ham yer yuzida paydo bo‘ldi. Ko‘rinishidan unga sezilarli o‘zgartirishlar kiritilgani yo‘q, Mozilla dasturchilari shunchaki tartib raqami bo‘yicha Google Chrome brauzeridan (yaqinda uning 12-versiyasi e’lon qilindi) ortda qolishni istamagan ko‘rinadi. Brauzer interfeysiga hech qanday o‘zgartirish kiritilgani yo‘q. Firefox 4 versiyasida yuzaga kelgan xatoliklarning oldi olingan, ishlash tezligi biroz kuchaygan, HTML5 veb-satndarti bilan ishlashi yaxshilangan. Brauzer endi CSS-animatsiyalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur texnologiya unga dinamik saytlarni ko‘rsatishda to‘g‘ri ishlash imkoniyatini beradi. Xavfsizlik darajasini oshirish maqsadida ham Firefox 5 brauzerida ancha-muncha o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, hozirda barcha brauzerlar Internetda foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda reklama beruvchilarga qarshi "shiddatli” kurash boshlaganligi buning isbotidir. StatCounter ma’lumotlariga ko‘ra, 2011-yilning mart-may oylari davomida Mozilla Firefox brauzerining ulushi 29,98% dan 29,29% gacha kamaygan. Xuddi shu davrda Google Chrome brauzeri o‘z ulushini 17,37% dan 19,36% gacha osirishga muvaffaq bo‘ldi. Firefox dasturchilarining so‘zlariga ko‘ra, yil oxirigacha brauzerning 7-versiyasi ham chiqariladi. Brauzerning 5-versiyasini mana bu yerdan ko‘chirib olishingiz mumkin.