Статистика |
XOZIR SAYTDA 2 MEXMON 2 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 6 » Kunduzi va Tundigi suvning farqi nimada?
05:40 Kunduzi va Tundigi suvning farqi nimada? |
Iqlim o‘zgarishi davrida dunyoning turli mintaqalarida turlicha tabiat hodisalari kuzatilishi sir emas. Yaqinda AQShning Yuta universiteti olimlari yer yuzidagi barcha suv havzalari quyosh nurining ta’siri tufayli o‘z hajmini kengaytirishini isbotladilar. Suv xossalari 24 soat davomida o‘zgarib turishi haqida shov-shuvli xabar tarqalganiga ko‘p bo‘lmadi. Esingizda bo‘lsa, bir guruh koreyalik tadqiqotchilar dengiz sathining tunda ko‘tarilishi suv tarkibidagi xossalarning kunduzgidan farq qilishiga ham sabab bo‘ladi, degan xulosaga kelgan edilar. Ularning nazarida, tungi suv kunduzgi suvga nisbatan birmuncha og‘ir, organizmga zararli minerallarga boy bo‘ladi. Biroq Yuta tadqiqotchilari bu hol quyosh nuri tufayli sodir bo‘ladi, degan fikrdalar. Quyosh nuri suvga tushganda uning tarkibidagi vodorod molekulalarida kuchsiz parchalanish ro‘y bera boshlaydi. Tush paytida bu jarayon ayniqsa kuchayib, suv xossalarini o‘zgartiradi. Tajriba uchun sinab ko‘rilganda yarim tundagi ikki litr suvning tush mahalidagi shuncha suvdan qariyb ikki yuz grammga og‘irroq bo‘lishi aniqlandi. Olimlar ushbu jarayon iqlim o‘zgarishiga ham bevosita ta’sir qilishiga ishonadilar. Bug‘lanish suv xossalariga bog‘liqligi barchaga ma’lum. Agar tabiatda havo harorati ko‘tariladigan bo‘lsa, bu bevosita suvda nur ta’siridagi xossa o‘zgarishining uzoqroq saqlanishiga sabab bo‘ladi. Siyrak molekulali, "engil” suvning bug‘lanishi esa odatdagidan tezroq kechadi. Yoki yana boshqacha qilib aytganda, suv sathining oy tortishishi tufayli ko‘tarilish vaqti cho‘ziladi, dunyoning turli mintaqalarida esa dengizlar, ko‘llar o‘z sathini kengaytirishda davom etaveradi.
|
Категория: QIZIQARLI |
Просмотров: 1061 |
Добавил: Bilov
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|