Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Январь » 23 » KULGAN HAMMAGA YOQADI
22:27 KULGAN HAMMAGA YOQADI |
Xo‘mrayib, qovog‘ini uyub yuradigan
kishi kimga ham yoqardi? Aksincha, labida tabassum balqib turadiganlar
qayerda bo‘lishmasin, yoqimli taassurot qoldiradilar. Mutaxassislarning
fikricha, erkaklarga nisbatan ayollar ko‘proq kular ekan. Aynan shu
holatda ularning ustun chiqqanligini isbotlovchi ma’lumotlarni
keltiramiz. Fransiyalik Marina Pikasso bir soat mobaynida kulaverib,
ko‘zlaridan «shashqator» yosh oqqan. Moldovalik Zoya Iaos undan atigi
20 daqiqa kam kulgan. Ichagi uzilgudek bo‘lib kulganlardan yana biri
Ella Bekxem va britaniyalik Elenora Xyorbest bo‘lib, 15-20 daqiqalik
natijaga erishganlar. Kulish har xil: kimdir miyig‘ida kuladi,
kimdir zaharxanda, yana birov qotib-qotib kuladi, qah-qaha urishning
ham gashti o‘zgacha. Yuqorida nomlari zikr etilgan ayollar qanday va
nima uchun kulganligi muhim emas, balki vaqt bo‘yicha yuqori natijaga
erishganlari katta yutuq. Kishi aqliy va jismoniy mehnatdan so‘ng
charchaydi. Bunday paytda asab tolalaridagi horg‘inlikni ko‘p kulib,
ko‘z yoshlari orqali chiqarib yuborish foydadan xoli bo‘lmas ekan.
Demak, qissadan xissa: asablaringizni taranglashtirmay kulib yuring,
ham sog‘lom bo‘lasiz, ham barchaga yoqasiz!
|
Категория: FOYDALI MASLAHATLAR |
Просмотров: 1437 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|