Главная » 2016»Январь»8 » Kubada 2015-yilda 5 mingdan ziyod zilzila qayd etildi
22:30
Kubada 2015-yilda 5 mingdan ziyod zilzila qayd etildi
Kuba seysmologik tadqiqotlar milliy markazi o‘tgan yili orolda 5053 ta zilzila qayd etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Ulardan 17 tasi sezilarli bo‘lgan va asosan Kuba janubi-sharqida ro‘y bergan. 4,2 magnitudali eng kuchli zilzila o‘tgan yil yanvarida Xaguey-Grande shahri janubida sodir bo‘lgan.
Shuningdek, 2015-yilning 1 va 17-mart kunlari Kamaguey viloyatining Sibaniku-Kaskorro tumanida kuzatilgan silkinishlar ham anchayin kuchli bo‘lgan: ikkala kunda ham 200 dan ortiq silkinish qayd etilgan.