Muhtaram do'stlar uncha qiyin bo'lmaga,ammo samarali bo'lgan ushbu mashqlarni sizga ham tafsiya etaman.Mashqlarni divanda yoki taxta karavotda,boshingizni tanangizdan 20-30 daraja burchak ostida yuqoriga bo'lgan holatda bajarish maqsadga muvofiqdir.O'zingizni bo'sh qo'ying.Ko'zingizni yumub 30-40 marta chuqur nafas olib,nafas chiqaring.
1: Ko'zlaringizni yumub,qorachig'ini soat millari bo'yicha aylantiring.
2: Xuddi shu mashqni soat millariga teskari tomonga bajaring. 3: Ko'zlarni yumub,yuqoriga (peshona tomonga),keyin esa pastga (iyakka) qarang. 4: Ko'zlaringizni yumub chapga va o'ngga (chap va o'ng quloqga) qarang. 5: Ko'zlaringizni yumub, ikki (bosh va o'rta) barmoq bilan asta bosib turib qorachiqlaringizni soat millari tomon aylantiring. 6: Xuddi shu mashqni soat millariga teskari tomonga bajaring. 7: Kaftingiz bilan ko'zlaringizni qattiq bosing. 8: kaftlaringiz bilan ko'zingiz aralsh yuzingizga tez-tez shapatilab uring. 9: Ko'zingizni tez va keskin chirt yuming. 10: Ko'zingizni tez-tez pirpirating. Keyin esa mashqlar boshida bajargan nafas olish gimnastikasini takrorlang.O'zingizni bo'sh qo'ying.30-40 marta chuqur nafas oling va chiqaring. Ushbu mashqlarni kunning istalgan vaqtida (faqat uxlashdan 3 soat avval) yoshda,kassalikning darajasidan qatti nazar bajarish tafsiya etiladi.Yuqoridagi qayd etilgan 10 mashqning bir seansi 10-15 marotabadan iborat.(yani10-15 kun bajariladi)Barcha mashqlar ketma-ket va to'liq amalga oshirilishi kerak.>>>Hammangizni ko'zingiz ravshan bo'lishini tilayman.