Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2009 » Октябрь » 22 » Ko‘z xastaliklari davosi
01:16 Ko‘z xastaliklari davosi |
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar Rasululloh sallollohu
alayhi vasallam ko‘z nurini o‘tkir qiladigan, kipriklarni o‘stiradigan
ismid nomli surmani ko‘zga qo‘yishni buyurdilar”, va yana Ibn Abbos
dedilarki, “Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning bir surmadonlari
bor edi. Undan har kecha ko‘zlariga surma qo‘yar edilar. Har ikkala
ko‘zlariga uch martadan qo‘yardilar”.
Ibn Abbos roziyallohu
anhumodan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uyquga
borishlaridan avval ismid surmasidan har ko‘zlariga uch bor qo‘yar
edilar.
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam dedilar: Ismid surmasini albatta qo‘yib
yuringlar, u surma nazarni tez qiladi va kipriklarni ziyoda o‘stiradi.
Ibn
Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
marhamat qildilar: “Sizlarning surmalaringiz ichida hammadan yaxshisi
ismid surmasidir, u ko‘zni ziyoda nurli qiladi va kipriklarni o‘stiradi.
Aloedan iste’mol qilib yurilsa, ko‘z nurini ko‘paytiradi. Ko‘z
yallig‘langanda yostiqni baland qilish, keskin harakatlar
qilmaslik, boshni pastga engashtirmaslik, oqlik va nurga qaramaslik,
me’dani ovqat bilan to‘ldirmaslik foyda beradi. Ko‘z
mijjasi shishganda semizo‘t bargini tuxum oqiga qo‘shib
ko‘zga chaplansa, darddan forig‘ bo‘linadi. Ko‘z burchagi shishsa (ya’ni, «g‘arb» chiqsa), mosh yanchib qo‘yilsa, davo bo‘ladi.
Pati endi chiqayotgan kabutar bolasi qonini ko‘zga surtsangiz, shabko‘rlikdan qutilasiz. Xantal
(gorchitsa)ning ho‘l urug‘ini hovonchada yanchib, suvini
siqib olib quritilsa, so‘ng surma kabi ko‘zga surtilsa,
ko‘zning barcha dardlariga shifo bo‘ladi. Anjir
ko‘karib turgan paytda shoxi sindirilsa yo bargi yulinsa, shira
chiqadi. O’sha shiradan ko‘zga surtilsa yo tomizilsa,
ko‘zni qoraytirib turgan pardani yo‘qotadi.
Lola suvi bilan asalni aralashtirib surtsangiz, ko‘zdagi oq tuzaladi. Oq piyozni ezib emizikli ayol suti bilan qo‘shib uch marotaba ko‘zga tomizilsa, ko‘z oqi ketadi. Tuya
jigariga murch, qalampir sepib kabob qilib pishirayotganda kabobdan
oqayotgan suvdan ko‘zga surtilsa, shabko‘rlikni
yo‘qotadi.
Agar oq piyozning suvini chiqarib ko‘zga surtilsa, shilpiqlik, shabko‘rlik (qorong‘u tushganda ko‘rolmaslik)da foyda beradi. Agar ko‘zda biror dard paydo bo‘lsa, kiyik o‘tini tuyib surkash foyda beradi. Ko‘zidan suv oqib qiynalayotgan odam ertalab va kechqurun ko‘ziga surma qo‘ysa, bu darddan xalos bo‘ladi.
Ko‘zga oq tushganda quyon o‘ti quritib tuyiladi va ko‘zga surtiladi, inshaalloh, albatta davo bo‘ladi. Qaldirg‘och go‘shtini tanovul qilsangiz, ko‘zingiz ravshan bo‘ladi. Loviyani havonchada yanchib surma kabi ko‘zga surtsangiz, kiprikning ichiga o‘sishini yo‘qotadi.
|
Категория: FOYDALI MASLAHATLAR |
Просмотров: 2643 |
Добавил: Shuhrat_88
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|