KOREYS serialari ja jonga tegdiku.Qayerga qaramay kores seriallari. Biri tugamasdan ikkinchisi boshlanadi.Xattoki shu darajaga yetdiki ko'ngil ayniydi shu seriallarni.Kecha mahallada yursam yosh bolachalar ''yashasin sila''deb baqirib yuribdi.Yosh bollarni ham tarbiyasiga tasirini qaren.O'zimizni tariximizni koresylarnikidan ming marta buyukku axir,nimaga endi tarixiy shahslarimiz haqida seriallar ishlanmaydi,qayerdagi bemani kinolar ishlagancha.Koreyslar mentalitetimizga sekinlik bilan kirib kelayapti.Rejisorlarimiz faqat soqqani o'ylagancha shunaqa tarixiy seriallar ishlasin,butun osiyo ko'radi,yaxshi ishlash sa dunyo darajasiga chiqadi.Koreyslarni tarixi biznikichalik buyuk emas, lekin,eplab qo'shib chatib bo'lsada ishlashayaptiku.Bizdachi tayyor buyuk tariximizni eplab serial qilisholmaydi,faqat oldi-qochdi kassabop kinolar bo'lsa bo'ldi.Hozirgi rejjisorlarni saviyasi past,ishlagan kinolari bir martalik.''Mahallada duv-duv gap'', ''Shum bola'',"To'ylar muborak"kabi kinolarimizni ko'rgan sari ko'gingiz keladi.Amir Temur,Jallolidin Manguberdi,Mirzo Bobur kabi ajdodlarimizni hayotini 1000 seriali qilib ishlasa bo'ladi,manbalar ham tayyor:''ZAFARNOMA","BOBURNOMA" hakazo.Mustaqill bo'ganimizga 20yil bo'ldi hali ajdodlarimiz haqida bir tuzukroq seriallar ishlanmadi.Gap mablag'ga borib taqaladi dersiz,10ta oldi-qochdi kino ishlanmasa vassalom,mayli yillar davomida ishlansin.
|