"Bojalar" guruhining solisti Jahongir Poziljonov ushbu yilda konsert bermoqchi ekanligi haqida xabar bergandik. Dastlab noyabr oyiga belgilangan konsert dasturi dekabr oyiga ko`chirildi. Endi esa konsert kelgusi yilning bahorida bo`lib o`tishi haqida xabar berildi. Buning asosiy sababi hozircha oshkor etilmayapti. Keyinroq bunga oydinlik kiritishga harakat qilamiz. Nima bo`lgandayam "Bojalar" guruhining muxlislari konsertni intiqlik bilan kutishayotgandi. Endi kelgusi yilni kutishdan boshqa chora yo`q. Voqealar rivojini sherlar.uzda kuzating!