MOVIY KO'ZLAR
Bunday közlar hissiyotga beriluvchan va ba'zida quyushqondan chiqib ketadigan kishilarda böladi.Ayrim hollarda bunday köz sohiblari mijg'ov,ezma böladilar.Köpincha chuqur tushkunlik kayfiyatiga ham tushib qolishlari mumkin.Ularga köproq optimist bölish va arzimas muammolarni yurakka yaqin olmaslikni tavsiya qilgan bölardik. MALLA KO'ZLAR Amalda bunday köz sohiblari osonlik bilan vaziyatdan chiqib,yangi turmush tarziga darrov könikib keta oladi.O'yin kulgisiz tura olmasliklari sababli tez-tez zerikib qolishlari aniq.Ularga köproq sabr-bardoshli bölishni va oyning ön beshi yorug',ön beshi qorong'i ekanini eslatmoqchimiz. YASHIL KO'ZLAR Ayyorlikdan nishona.Ularning aqli juda ötkir.Turli muammo va masalalarga darrov javob topa oladilar.Ba'zida gap bilan "chaqib" olishlari ham mumkin.Aksariyat hollarda ochiq va samimiy gapirmaydilar.Agar yashil közli ayol kishining sochlari malla bölsa,tez asabiylashadiganlar toifasidan deyavering!Erkak kishida shunday bölsa,turli mojarolarga aralashib yuradi. QORA VA TIM QORA KO'ZLAR Anchayin kirishimli va qaysar kishilarda böladi.Qora közlilarda yetakchilikka moyillik kuchli.Rahbarlik qilish iqtidori tabiatan shakllangan va ular ulkan iroda sohiblaridir.Biroq hayotdan lazzat olish uchun köpincha ularga vaqt kamlik qiladi.Boshqalarni "joyiga ötqazib qöyish" örniga ularni tushunishga köproq intilsalar maqsadga muvofiq bölardi. Agar közning rangdor pardasida turli dog'larni körsangiz,uning sohibi köp qiyinchilik va siqilishni boshidan kechirgan böladi.Hayotiy tashvishlarni unutib,bir oz dam olishni maslahat beramiz.
|