Главная » 2010»Май»21 » KITOBNI 1 DAQIQADA SKANER QILISH MUMKINMI?
20:23
KITOBNI 1 DAQIQADA SKANER QILISH MUMKINMI?
Tokio universiteti olimlari daqiqasiga 200 sahifani skaner qilish tezligiga ega uskunani yaratdilar. Qizig‘i, sahifa tasvirini skanerga tushirish uchun kitobning har bir betini alohida ochib va uskuna ekraniga qo‘yish shart emas. Buning uchun barmoq bilan kitobni tez-tez varaqlab turishning o‘zi kifoya.
Yangi qurilma bir sekundda 500ta yuqori sifatli tasvir olish moslamasi va sahifaga gorizontal chiziqlarni proektsiyalovchi (optik asbob yordamida ekranga tasvirni yiriklashtirib tushiruvchi) lazer uskunasidan iborat tizimga ega. Mazkur ikki qism skanerlash jarayonida qayrilib qoladigan kitob betining shakli va matn qatorlarini tiklash imkonini beradi.
Hozircha yangi uskuna juda yirik hajmda, lekin tadqiqotchilar uni ancha kichik shaklda yaratishni maqsad qilishgan. Kelgusida bu turdagi uskunalar hattoki smartfon kabi portativ qurilmalarga joylashtirilishi ham rejalashtirilgan, deb ma’lum qiladi «Fizorg» manbasi