KINOFILM VA TEATRLAR NOMI BILAN SO`Z O`YINI “Quyoshi botmaydigan yurtning” “Chorrahadagi uy”ida Sharif aka xotini “Anora” va “Egizak” qizlari “Fotima va Zuhra” lar bilan yashashadi. Sharif aka mahallada “Imon” li, “Lafz” li insonligi bilan tanilgan. “Otasining qizlari” ga “Sovchilar” keldi. Ota – onalar xesh – aqrabolar bilan maslahatlashib, rozi bo`ldilar. Yangalar “Uchrashuv” belgiladilar. To`y taraddudi boshlandi. Egizaklarning to`yi “Mahallada duv - duv” gap bo`ldi. “Oqshom” da “To`ylar muborak” qo`shig`I uzoq – uzoqlarga taraldi. Oldindan kelishilgani uchun Fotimaning eri “Ichkuyov” bo`ladigan bo`ldi. Zuhro esa “Yor - yor” lar bilan kuyovnikiga ketdi. To`ydan keyin erka qaysar qiz Fotima quyulib iboli, “Andishali kelinchak” ka aylandi. Lekin, ichkuyov “Shum bola” ekan, to`ydan keyin ichib, to`polon qiladigan bo`ldi. Yangi “hunar”larini ko`rsata boshladi. “Oltin devor“ ortidagi qo`shni “kelinlar qo`zg`olon” qilishdi, ichkuyovning dastidan. To`ydan oldin Fotimaga “Maftuningman”, “Qalbim og`risi” deya aytilgan shirin so`zlar, atrofida “Parvona” bo`lishlar “Sarob” ekan. Fotimaning “Kozlari ma`yus” bo`lib qoldi. “O`tgan kunlar” ini eslab ho`rsinadi. Bundan ota – oananing yuragi “Zirapcha” kirgandan og`ridi. Fotima xastalanib qoldi. Otasi “Kichkina tabib”ni chaqirib keldi. Tabib sayru sayohat, toza havo buyurdi. Otasi Fotimani toqqa olib chiqdi. U “Lola” yu “Lolaqizgaldoq” lar bag`rida ancha tetiklashdi. U yerda cho`ponlarning “O`tov” ida mehmon bo`lishdi, nayda “Munojot” ni eshitishdi. Bu yoqda esa “Kuyov” qilgan ishlaridan “Pushaymon” bo`lib, “Tavba” qildi. Oilaga hotirjamlik qaytdi. “Jiyda gullaganda” Fotima egizak Hasan – Husanlar tug`ib, oilaga quvonch olib keldi.
|