"SBR guruxi istiqbol" norasmiy tashkiloti 3 dekabr xalqaro nogironlarni ximoyalash kuniga bag'ishlab ikkinchi tadbir, nogiron bolalarga atalgan bayramnona tadbir tashkillashtirishdi.
4 dekabr kuni soat 13-00da "Urar-tu” restoraning 2 qavatida bo'lib o'tgan tadbirga akterlardan Ulug'bek Qodirov, Zuxra Soliyeva va Bosid Raxmatov, xonandalardan Madina Mumtoz, Otabek Mutalxo'jayev, Firdavs, "Shod" guruxi yigitlari, Umar Shamsiyevlar ishtirok etishdi.
Noyob iqtidor soxibasi Madina Mumtoz!
"Shod" guruxi yigitlari
Suratchilarimiz Ulug'bek Qodirovni xush ko'rsa kerak, bizga taqdim qilingan suratlarning aksariyati unga tegishli.
Ulug'bek anchagina to'lishgan.
Mazkur xayriya tadbiriga taklif qilingan, boshqa anchagina xonandalar nafaqat nogiron bolalar uchun beminnat ishtirokdan voz kechishdi, balki uzrli sababi bo'lsa aytishmadi xam.
Albatta to'ylardagi dollorlar afzal, uyat!
Reklama va piar uchun atayin xo'jako'rsinga borib mingta suratga tushib, mingta gazetaga tarqatgandan ko'ra, aytilganda qani kelishsaq
Imkoniyati cheklangan bu insonlarga ko'p narsa kerak emas aslida. Mashxurlarimizni shu o'n minutlik tashrifi bular uchun xaqiqiy bir baxt ekanligini aksariyat insonlarga bilinmasa kerak.
Lekin bunday tadbirlarda bo'lsangiz, ularning quvonchidan buni tushunish qiyin emas.
Mazkur tadbirlarga xulosa o'rnida aytmoqchi bo'lganim nogironlik xam bir sinov bo'lsa kerak, lekin...to'rt muchchasi sog' bo'lib qalbi majrux bo'lishlikdan Allox asrasin. Bundaylar esa oramizda qancha...