Ayollar erkaklarga mazza deb o`ylaydi, erkaklar esa xotin birovning ximoyasida ekanlinini, ishlamasa ham eri boqishi mumkunligini, doimo izzatdaligini nazarda tutib, "Ayol bo`lishning nimasi qiyin? " deyishadi. Xo`sh bunga siz nima deysiz???? .... Kimga mazza ayolgami yoki erkakka??? Erkak bo`lish mazza! ... Chindan ham erkak bulish mazza! Ertalab hammadan barvaqt turmaysan. Bir kun bo`lsa ham uxlab qolsang "nega nonushta tayyor emas?" deb gap eshitmaysan. "Kechqurunga nima ovqat pishiray.." deb bosh qotirmaysan, tikuvchi ko`ylagingni buzib qo`ysa, siqilib o`tirmaysan. Dugonang taqinchoq va yangi kiyim kiysa kuymaysan! Umringni chorak qismini sartaroshxonada o`tkazmaysan. Erkak bo`lish zo`r! Telefonda atigi 3 daqiqa gaplashasan va televizor pulti doimo seni qo`lingda! Erkak bo`lishga nima yetsin! Ishga joylashishingda qaddi - qomating umuman ahamiyatsiz. Vazning o`zgarishi farqi yo`q. O`ttiz yoshda bo`ydoq bo`lsang ham birov bir nima demaydi. Uyda yo`qligingda choyxonada "Gap"da edim degan baxona tayyor. Mabodo gaping yolg`onligi bilinib qolsayam "Erkakchilik" deb o`zingni oqlaysan. Baland poshnoda yurmaysan. Familyangni o`zgartirmaysan. Ajinlar haqida o`ylamaysan... Ayol bo`lish yaxshi! ... Naxorgi oshga borolmasligimizni inobatga olmaganda, xursand bo`ladigan jihatlarimiz ancha.. Soqol - mo`ylov muammosi yo`q. Xudoga shukr, erkakalardan ko`ra ko`pro umr ko`ramiza. Kal bo`lishdan qo`rqish nimaligini bilmaymiz. "Xotindan alamini olish" nimaligini bilmaymiz. Xar kuni bozor aylansak ham zerikmaymiz. Ayol bo`lish yaxshi! Kiyim javonini yarimidan ko`pi bizniki. Chunki er topib kelgan pul qo`limizda. Gap bilan erisholmagan maqsadimizga "Yadro quroli"miz bo`lmish yig`i bilan albatta erishamiz.... Shunaqa xurmatli erkaklar orzuingizdegi ayolni topgan bo`lsangiz, boshqa orzularingiz bilan xayrlashavering!!!
|