Qavs bog’lariga tun tushayotir,
Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon. Hech kimga bildirrmay, uning yoniga Borgim kelayapti, Xudojon! "Tush” deysan, "Tush” emas, Tushgin, deyaqol. Jannat ko’klaridan tushib kelayin. Umrining har daqiqasiga Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin. Yoki olib ketay Arshi a’lomga, Yo qolayin uning qoshida omon. Qayda qilsang, qilgin, ne qilsang qilgin, Meni undan mahrum etma, undan , Xudojon! Men uning hammadan yashirgan siri, Jon ichida jon ibo’lgim kelyapti. Lablarining qaynoq haroratidan O’lgim, o’lgim, o’lgim kelyapti!.. Dunyo o’z karvonin tortib ketayotir, men uning qoshiga yetaman qachon? Menga farishtalik taxtini emas, Bir Ayol baxtini bergin, Xudojon! Bilmaysan, Men uning qonida oqdim, Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib Izn ber. qolayin shu lahza haqqi, Uning, faqat uning haloli bo’lib. Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib! Qavs bog’lariga tun tushayotir, Dilni bir xavotir ezdi ko’p yomon. Agar u tush bo’lsa ming yildan beri Kimga asrayapsan meni, Xudojon! Kimga asraganding meni, Xudojon!
|