Bizningcha, bu savolni o’rtaga qo’yishga va aniq javob berishga hali vaqt bor. Sababini izohlashda ikki holatni e’tiborga olish joiz. Birinchidan, ko’ndalang qo’yilgan bu so’roqqa: “Men yomonman”, deb javob qiladigan vallomatni topish mahol. Agar topilsa, bunday kishi o’z yomonligini isbotlashda qiynalishi, nafsiga zulm qilishi turgan gap. Ikkinchidan, ushbu savolning javobidan oshiqish, to qiyomat kuni kelmaguncha bir nima deyish o’rinli emas. So’fi Olloyor hazratlari aytgandek: “… Yana kelsa nido andin, bilinglar: Yomonlar yaxshilardan ayrilinglar!” Ana shu nido kelgan vaqtida yomonlar yaxshilardan o’zlari ayrilib chiqadilar. Kim yaxshi, kim yomon, o’shanda ma’lum bo’ladi. Muncha besabrmiz, ozgina kutaylik, axir… Kim yomon/ Agar shoshib, savolga mendan javob olmoqchi bo’lsangiz, aytadigan so’zim bitta: yomon yo’q. Agar bor bo’lsa, o’sha yomon – men. Buni aqli ojizim andozasida isbotlab ham bera olaman. Bordiyu, ayrilish soatida yomonlar qatorida bo’lmasam, hozirgi aytgan so’zim xato chiqsa, buni Allohning fazli deb bilaman. Senga hamdu sanolar bo’lsin, mag’firatli Egam Iymon – g’am-qayg’uni ketkazuvchi, iymon – Ollohni yolg’iz deguvchilarning shodligi, obidlarning tasallisidir. O’tgan narsa o’tib ketdi, o’tmish nihoyasiga yetdi, u haqda o’ylama. Bitilgan qazoyi qadarga, taqsimlangan rizq-ro’zga rozi bo’l, xavotirni tark qil. Ogoh bo’l! Ollohni zikr qilish bilan qalblar orom olib, gunohlar kamayar. G’ayblarni bilguvchi Zot rozi bo’lsa, g’am-qayg’u chekinar. Birovdan rahmat kutma, barcha hojatlar Undan so’ralguvchi. Hech kimga muhtoj bo’lmagan mangu tirik Zotning savobi senga kifoya. Nonko’r, hasadgo’yning adovati esa senga ziyon qilmas. Tong otgach, tunni kutma, buguning uchun yashab, buguning uchun g’am chek, ertang uchun g’am chekma. Chunki bugunning islohi ertaning islohidir. Qalbingni hasad-adovatdan pok tut, qalbingda nafrat, jirkanishni chiqarib tashla. O’zingni yaxshi odamlarga yaqin tut. Uyingdagi ishlarga mashg’ul bo’l, odamlarga kamroq aralash. Kitob eng yaxshi do’st, kitoblar bilan hamsuhbat bo’l. Ilmni do’st tut, ma’rifatga hamroh bo’l. Koinot tartib-intizomdan iborat. Uy-joy, kiyim-kechak bilan bog’liq majburiyatlaringda tartibga rioya qil. Badantarbiya bilan shug;ullan, dangasalik, maqsadsiz hayot kechirishdan uzoq bo’l hamda bekorchilik, ishsizlikka nuqta qo’y. Tarixni o’qi, undagi hodisalar haqida fikr yurit, xulosalar qil. Hayotingni yangila, yashash uslublarini o’zgartir, xurofiy odatlardan kech. Badbinlik, omadsizlik va ma’yuslikni targ’ib qiladigan kitoblarni o’qima. Parvardigoringning mag’firat daryosi keng ekanini, bandalarini afv etib, tavbalarini qabul qilishini, yomonliklarni yaxshilikka o’zgartirishga qodir Zot ekanini esla… Qur’on bilan yasha, uni yod ol, tilovat qil, tingla, fikr et. Chunki Qur’;on barcha g’am-qayg’ularning eng yaxshi davosidir. Olloh taologa tavakkul qil, ishlarni Unga topshir, Uning hukmiga rozi bo’l, Unga murojaat qil, Ungagina ishon. Senga zulm qilganni kechir, sendan uzilganga bog’lan, ehson qil, zolimlarga halim bo’l, osuda hayot kechirasan. Kelajakka ishonch bilan qara, noumid bo’lma. Olloh istiyorida ekaningdan xursand bo’l, chunki sen g’am-alam yoki shod-xurramlikning qaysi biri senga foyda ekanini bilmaysan. Balo-ofat seni Olloh taologa yaqinlashtiradi, duoni o’rgatadi, sendan kibr, manmanlik va faxr tuy’gularini ketkazadi. Gumon-shubhalardan, buzuq fikr-xayollardan uzoq bo’l. Dunyo g’am-anduh, tashvish va xavotir hovlisidir. Olloh taolo senga yetgan g’am-anduh, ochlik, faqirlik, kasallik, musibatlarning barchasiga ajr-mukofot beradi. Musibat ko’zlarni ochib, qalbni uyg’otadi, nafsni tiyadi, qullikni eslatib, savobni oshiradi. Falokatni kutma, mish-mishlarga ishonma, uydirmalarga taslim bo’lma
|