Kianu Rivz 1964 yil 2 sentyabrda Kanadadagi Lebanon shaxrida tug’ilgan. Uning otasi Amerikalik geolog Samuel Novlin Rivz Kianuning onasi Angliyalik dizayner Patrisiya Bond bilan Beyrut shaxriga borganda tanishib qolishadi. Kianuning otasi Samuel Halqaro Hilo Aeroportida geroin moddasi sotayotganda hibsga olinib, oilasidan ancha uzoqlashadi. U davrlarda Kianu uch yoshda bo’lgan. Rivzga tog’asi Henri Kianu Rivz nomi berilgan. Kianu Gavay tilida sovuqlik ma’nosini beradi. Kianu rivzning bitta tug’ishgan singlisi Kim bo’lib 1990 yillarda Leykemiya kasalligiga chalinib vafot etgan. 1966 yili Rivzning onasi uning otasi bilan ajrashadi. Kianu va Kimni olib Nyu Yorkga ko’chib keladi va bu yerda Holliwud bosh direktori bilan nikohdan o’tadi. Rivz yoshligidan Hokkey sportiga qiziqadi va mashxur hokkeyist bo’lishga harakat qiladi juda mashxur hokkey klubida eng zo’r o’yinchi bo’layotgan bir paytda og’ir jarohat oladi va umidlarini puchga chiqaradi. Kianu to’qqiz yoshida san’at olamiga kirib keladi va teatrda aktyor sifatida faoliyat yuritadi. 15 yoshida mashxur "Romeo va Jullietta” tragediysida Merkutsio obrazini yaratadi. Undan so’ng Kianu televidiniyeda qisqa metrajli filmlarda rol o’ynaydi. Reklamalarga taklif qilinadi va Kanada Yangiliklarida korrespondent sifatida ish olib boradi. 1989 yilda Kianu juda katta muvaffaqqiyatga erishgan film "Bill va Tedning g’aroyib sarguzashtlari” da bosh rolni ijro etadi. Kianuga ulkan shuxratni uning "Tezlik” filmidagi roli olib kelgan. Shu tariqa triller kinolarda ijro etayotgan Kianu romantic kino "Bulutlarga yo’l” da ham o’z mahoratini ko’rsatadi. Kianu Rivz "Tezlik 2” kinosida rol o’ynashni rad etib jurnalistlarni hayratda qoldiradi. Sababi Markaziy Manitoba Teatridagi Gamlet rolini davom ettirish bo’lgan ekan.
Kiuanuga juda ko’p takliflar tushgan, lekin nimagadir Kiuanu ularning ko’pini rad etgan . Lekin san’at olamidagi ijodini to’htatib qo’ymagan Kianu filmlarda rol o’ynashni davom ettirgan. "Jonni mnemonik”, "Minnesotadagi hissiyotlar”, "Shayton advokati” va juda ko’p byudjetga va olqishlarga sazovor bo’lgan "Matritsa” filmlarida qoyilmaqom qilib rol ijro etgan. Kianu kino olamida juda omadli, lekin o’z shaxsiy hayotida juda omadsiz bo’lgan. Kianu Rivz hech uylanmagan. Lekin 1999 yilda Kianuga farzand hadya etgan sevimli yori Jennifer Saym bo’lgan. Afsuski 2001 yilda ikki yoshli qizalog’i va turmush o’rtog’i Jennifer og’ir avtohalokat tufayli vafot etishadi. Bu Kianu uchun juda o’gir zarba bo’ladi va ma’lum muddatga san’at olamidan uzoqlashadi.