Assalomu Aleykum saytdoshlarim, ushbu sher olislarda yurib yaqinlaridan judo bo'lgan yigitning qalbidan quyilgan so'zlar. Baxo bermang, olqishlar kerak emas, marxumlar xaqqiga duo qilaylik. SAFARDAGI JUDOLIK... Tasavvur qilyabman agar men qaytsam. Ko'ra olmayman nurli ko'zlarni. Foydasiz sizga dardimni aytsam. Eshita olmayman javob so'zlarni. Bobojon, Buvijon meni kechiring. Sirdoshim edingiz men uchun tengsiz. Endi odamlikdan meni o'chiring. Qabrga qo'ydilar, sizlarni mensiz. Eh qoyil qolmadim, qismatimga xam. Yarmi sog'inch edi, yarmi bo'lar g'am. Ko'zlaringiz yumilgan bir dam. Izlagandursiz "qani nabiram" Meni kutgandursiz ming og'u dard yeb. Bir kun tilab yaratganimdan. O'ylamagansiz "Jaxon pulni deb, Kechib qo'ygan ekan yaqinlaridan" Duolar qilaman yaratganimga. Dargoxidan bersin yaratgan egam. O'zimni endi o'nglaganimda. Sizlardan ayrildim, shunisi alam. Bag'ringizda o'tgan yoshlik onimni. Unutolmayman xech qachon bobom. Esingizdami kareys xonimni, Uyga taklif., qilgandiz momom. ..... Izlamagan joyim qolmadi. Suratingiz topmadim uydan. O'zimni o'zim bosib olyapman. Xafa bo'lasiz-da, agar yig'lasam. Xolim ko'rib dushmanim xayron. Dilim vayron, yuragim vayron. O'shanda uydan chiqayotganda. -endi qaytmayman, deganim yolg'on. Tasavur qilyapman agar men qaytsam. Kutib olar yolg'iz volidam. Shu yerda to'xtatgum... Dardimni yozsam. Tugab qolsa kerak dunyoda qalam. Esonboy bobom, va Roxatoy enam xotirasiga musofirda yurgan nabirasi Shox Jahondan.
|