Bugun restoranga shoshilyapman. Deyarli barcha do`stlarim yig`ilishadi.
Orzu - armon yo`nalishidagi avtobusga chiqib, Sog`inch bekatida tushaman. Hijron ko`chasidan biroz yurib, yuragim ko`rsatgan tarafga burilaman. Qarshimda Visol restorani. Shu yerga yig`ilamiz. Hamma do`stlarim kelibdi. Umid ismli ofitsiant ichkariga taklif etadi: - Alohida xona buyurtirgan ekansiz, Xotira xonasini tayyorlab qo`ydik. - Raxmat, - deyman men. Hamma o`z o`rniga o`tiradi. Qarasam, bitta stul bo`sh. Kim kelmadi ekan?.. Eslolmay o`ylanaman. Ziyofat avjiga chiqadi. Qadaxlar to`ldirilib, tilaklar aytiladi. Kechga yaqin uyga qaytaman. Hamon o`ylayman - kim kelmadi ekan? Birdan ko`nglim derazasini kimdir taqillatadi. Qalbim eshigini ochaman. Qarasam, yuragim ostonasida kechikkan o`sha mehmon. Ismi Sevgi, familiyasi Pushaymon...