Sen ketding-u,kuz ham keldi, Keldi faslim dil so’roqlab. Qalbda sovuq shamol eldi Ketganing sezgach yiroqlab. Endi unga qanday aytay, Bir umrga armonliging . Tuyg’u qolib muhabbatday, O’zga dardga darmonliging. Dilimni so’rma ,ey kuzim, Endi unga davo yo’qdir. Alvidodir aytar so’zim , Yurak esa kuygan cho’g’dir. Kuz ham kechikdi birozga , Xuddi ko’nglim kechikkanday. Dardim bitib shu qog’ozga , Sensiz qalbim ichikkanday. Har gal kuz fasli kelganda , Bog’lar uzra xazon to’lar. Sovuq shamollar elganda , Seni yana ko’rgim kelar. Kuz tugagach qish boshlanar, Muzlab qolar tiniq anhor. Gumonlardan dil gashlanar: "Qalbimga qaytarmu bahor?” Oltin yaproqlar shivirlar , Ishqim senga izhor etib. Kuz kelganda o’tib yillar , Meni ham qo’ygin yod etib. Yog’ar yomg’ir endi tinmay, Yuvmoq bo’lib qalbimdan muz. Muhabbat-la uchrashtirgan, Bahorimda Kechikkan Kuz!
|