Subxi sodiq payti... Kun endi yorish arafasida. Bu damda esa momolar-u, bobolarimiz qo'llarini pok niyatlar ila duoga ocharlar. Olloh jamiyki yaxshi niyatlarni qabul qilguvchi zotdir. Va o'zining inoyati ila oftobning zarrin nurlarini yuzingizga solajak...
Bizlarchi? Shu damda shukr qilamizmi?Tonglarni behadik kutib olmoqdamiz,tunlarni osuda orom ila o'tkazmoqdamiz. Shuning shukrini keltirdikmi? Erta bilan ishga,o'qishga, kechasi uyga qaytib yana dam olamiz. Bizni birov turtmaydi,surtmaydi. Tinchgina farovon xayot kechirmoqdamiz. Ammo shunday yurtlar borki tong otishi bilan bir falokat haqida xabar topadi. Tunlari mijja qoqmaslar bor dushmanlari dastidan.
Xavas bilan xasad doim birga ekan, ularga ko'p ro'baro' bo'layapmiz yo'limizda. Bizga xavas ila qaraganlar do'stlarimiz ekani shubxasiz. Xasadchilar esa buning aksi. Osoyishta xayotimizni ko'ra olmas g'alamislar bugun tinch xalqimiz o'rtasida nifoq qilmoqchi. Ko'pchilikni bundan xabari yo'qligi uchun sizlarni bundan xabardor qilish ham insoniylik, ham Vatan oldidagi burchim deb bildim!
Shunday bizni tinch kunlarimizni ko'ra olmaslar bizni sokin umrimizni buzishmoqchi. Avvalida bemalol aytib o'taman-ki, ular xech qachon maqsadlarini 1 grammiga ham yeta olmaydi!!!
Bunday xasadchilar tinchligimizni buzishni xar-hil yo'llaridan yurib ko'rdi. Terror,diniy oqim,zo'ravonliklar... Qalqoni po'latdek mustaxkam Yurtimiz ularga bemalol dosh bera oldi. Endilikda bu yaramas g'alamislar o'zlarini go'yoki "adolatparvar" qilib ko'rsatmoqchiga o'xshaydi. Bu bemani ishlarini amalga oshirisha olmasinu,biroq ular tarqatayotgan xabarlarga qaraganda odamlarga turli miyani qurtlatuvchi sms habarlar yubormoqchi emish. Agar telefoningizga odatdagi (aloqa operatorlari) dan tashqari boshqa manzillardan sms xabari borsa o'qimasdan o'chirib yuboring! Ularning puch va'dalariyu aytgan gaplari bari xom hayol!!!
Men ishonamanki jonajon O'zbekistonimizning tinchligini barchamiz, bir-birimizga yelkadosh bo'lib ximoya qilamiz va asrab avaylaymiz!
Yashash sharoitimiz,moddiy taraflarimiz,ma'naviyatimiz,taraqqiyotimiz boshqalarnikidan oshiqchadurki,lekin kam emas! Bizlarni o'rtamizga janjal kiritmoqchilar o'ylamasin bizni sodda deb! Biz bugun oq-qorani farqiga borgan, shaddod yoshlari xar jabxalarda shiddat bilan rivojlanib borayotgan, dunyoni chorak siru-sinoatlarini kashf qilgan o'shal buyuk bobolar avlodi, Mustaqil O'zbekistonning Mustaqil farzandlarimiz!!!
Tuprog'ini o'pib o'sgan qalqon el bu!
Ulug' yo'lda ketayotgan karvon el bu!
Mard eldir bu, vazmin el bu, polvon el bu!
Boshda do'ppi, belbog'ini yechmas o'zbek!
Jondan kechar,lek Vatandan kechmas o'zbek!
Oqilligi kelajakka meros qolg'ay!
Xurmat qolg'ay, imon qolg'ay, ixlos qolg'ay!
Pirlarining qo'lin olgan duo olg'ay!
Ajdodlarni e'zozlagan aziz bo'lg'ay!
Otasini suygan elni egib bo'lmas!
Egib bo'lmas,egib bo'lmas,egib bo'lmas!
Xalqi uchun yonganglarni egib bo'lmas!
Yengib bo'lmas,yengib bo'lmas,yengib bo'lmas!
O'ziga Bek bu millatni yengib bo'lmas!!!
Ne olg'irlar kelib ketdi o'zi bilar!
Tuzlug'iga tupurganni tuzi bilar!
Unga erkni o'rgatmangiz o'zi bilar!!!
Kimdur chetdan bu yurtga to'n bichmoq bo'lar!
Yaxshi-yomoningni pinxon ochmoq bo'lar!
Buyuklikning yo'liga g'ov sochmoq bo'lar!!!
Ko'kargan el tomirini uzib bo'lmas!
Tomi baland bu qo'rg'onni buzib bo'lmas!!!