Assalomu alaykum, aziz muxlislar. «Chempion TV» o'z turkum ko'rsatuvlarini davom ettiradi. Bugungi ko'rsatuvimizni biroz dolzarb mavzuga bag'ishlashga qaror qildik. So'nggi oylardagi futbol nashrlari va TV da tilga olinayotgan eng mashhur shaxs, ko'pchilik tomonidan tanqidga uchrayotgan va bularning barchasiga javob berishi shart bo'lgan janob Milliy Chempionatni studiyamizga taklif qilamiz. Qarsaklar!
Negadir qarsaklar bo'lmadi, studiyani xushtakbozlik va “uvvvv” degan xayqiriqlar tutib ketdi. Yuzi shishgan, kiyimlari bir ahvolda bo'lgan kimsa studiyaga kirdi va ko'rsatilgan o'rindiqqa o'tirdi.
Assalomu alaykum, o'rtoq Milliy Chempionat. Aslida ko'rsatuvmiz kecha bo'lishi kerak edi, shuncha muxlis jonli efirda sizni kutib, qaytib ketishga sabab bo'ldi. Negaq
Avvalambor, studiyaga chaqirganingiz uchun raxmat. Anchadan beri TV ga chiqishga orzumanda edim. To'g'ri, peshqadam klublarimiz o'ynagan kunlari TV da chiqib turaman, ammo u o'yinlar uncha qiziq va shiddatli bo'lmaydi. Ko'pchilikda shuyam chempionatmi, degan savol tug'ilib qoladi. Xafa bo'laman. Kecha kela olmaganimning sababi, men vaqtimni to'g'rilagan edim, ammo ertalab do'stim PFL qo'ng'iroq qilib, “ertangi o'yin bugunga ko'chirilgan, esingda-a” deb qolsa bo'ladimiq Men qayoqdan bilay, yilning boshidagi taqvimni devorimga osib qo'yganman, keyin ustiga ruchka bilan to'g'rilayverib, ko'kartirib, qizartirib tashladim. Esim kirdi-chiqdi bo'lib qolgan bo'lsa, hatto o'zimdagi ba'zi masalalarni Baxtiyor Shirinov degan jurnalistdan so'rab olaman. Esimda turadimiq Shunga sizga va'da bervoribman, uzr.
Mayli, kelganingizgayam shukr. Xabaringiz bo'lsa, bu yili terma jamoamiz ham, klublarimiz ham, yoshlarimiz ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Buning asosiy aybdori – Siz bo'lasiz! Shuni bilasizmiq
Bu haqida juda ko'p eshityapman. G'ozir ham federatsiya oldida tuuuuurgandim, bir gala muxlislar kelib qolishdi. Eshik qulf ekan, mendan so'rashdi. «Bilmayman, men Milliy Chempionatman, bu yerda ishlamayman”, deyishimni bilaman, do'pposlab ketishsa bo'ladimi.
Chalg'imang, siz oldin savolga javob bering. Nega shunaqa bo'ldiq
Maylimi, bitta rivoyat aytib bersam. Qadim zamonlarda, bitta katta bino bo'lib, u yerda har kuni galstukli, po'rim kiyingan odamlar suhbat o'tkazishar ekan. O'sha binoga boshlab boradigan yo'l faqat bitta, u ham bo'lsa juda loy, botqoqliklardan iborat, umuman yurish qiyin ekan. O'sha majlis , ya'ni suhbat qatnashchilari har kuni bir amallab o'sha yo'ldan o'tib olishar, ammo kiyimlari nihoyatda kir bo'lib ketar, oyoq kiyimlaridagi loylar binoni ham iflos qilar ekan. G'ar kuni suhbat “yo'lning yomonligi” bilan boshlanib, shu bilan tugar, boshqa gap aytishga vaqt qolmas ekan. Shunday qilib, har kuni suhbat bo'lar, har kuni qatnashchilarning kiyimlari loyga botar va bechora yo'l har doim aybdor bo'lib qolaverar ekan. Axir, o'zingiz o'ylang, o'rtoq boshlovchi, yo'lning kirligi, iflosligiga uni tozalashga mas'ul odamlar aybdormi yoki yo'lning o'zimiq
Tolstoyning kitobidamikin, "Chempion"dami, esimda yo'q, bir latifa o'qigandim. Shaytoncha otasidan "Insonlar kimq" deb so'rasa, otasi "E so'rama, juda bo'mag'ur jonzot, aybni o'zlari qilishadi va hammasini bizga to'nkashadi" degan ekan. Aslida aybdor men emas, o'sha kelishilgan o'yinlarni uyushtirayotganlar, hakamga pora berayotganlar. Eng ko'p o'shalar meni ayblab jar solishmoqda!
-E, qoyil. Vaziyatdan chiqib ketishga usta ekansiz. Nima qilish kerakq
- Eng avvalo barcha islohotni o'zidan boshlash kerak. Bir bemor doktorga "Qayerimga barmog'imni tekkazsam, og'riyapti" deb shikoyat qilibdi. Aslida uning barmog'i kasal ekan. Tunov kuni PFL, O'FF kabi do'stlarim bilan yig'ilishib qolgandik, ulargayam aytdim, barmog'imizni tuzatmas ekanmiz, hamma yerimiz og'riyveradi. keyin bir-birimizni tuzalishga chaqirishimiz, kamchiliklarini ko'rsatishimiz kerak. Chunki, bu juda yuqimli kasallik.
-Yana opqochishni boshlayapsiz. Mayli, savolni konkret qo'yaman – nega yoshlarimiz Misrda yaxshi o'ynay olishmadiq Axir siz ularni toblashingiz kerak edi-kuq
-To'g'ri, mendayam ayb bor. Lekin murabbiylar ularni maydonga tushirmasa, men nima ham qila olardim. Zaxira o'rindig'iga javob bermaymanku men ham. Shunaqa zo'r yoshlarni kuzataman, umid qilaman, keyin haligining o'rinbosarlar chempionatida xotirjam yurganini ko'rsam qonim qaynaydi. O'zi umuman shu o'rinbosarlar chempinatini boshimga og'riq bo'ldi. G'ammani dangasaga aylantirib qo'ymoqda. Yoki yoshga cheklov qo'yish kerak va jarohatdan tuzalayotgan futbolchilar amaliyotsiz qolmasligi uchun 1-2 tasiga tushishga ruxsat berish kerak xolos. Bu nima degan gap, hatto Lushan ham faoliyatini tugatayotib bir yil o'rinbosarlar safida o'ynadi. Kimning o'rnini bosarkan uq To'g'ri, ilgarilari ham, MDG' davlatlarida ham shu narsa bor edi, lekin ko'r-ko'rona yopishib olish kerakmiq G'atto murabbiylarning ayblarini ham menga to'nkashyapti, axir o'zingiz o'ylang, meni kuchaytirishga ular mas'ulku! Men qanday qilib ularni kuchaytirmanq Bir paytlar men ham rosa zo'r yoshlarni o'ynatganman, gollarni urishgan. Tablitsalarim o'shalarning natijalari bilan to'lib ketardi. Keyin nima bo'ldi, aldov yo'liga o'tishdi. Yoshlarini o'zgartirishadimi-ey, tanish-bilish qilishadimi-ey, jabriniyam men tortyapman, aybdor ham men.
OChL dagi natijalarchiq
Mana shunisi alam qiladi. Bo'sh vaqtlarda boshqa Ligalar bilan “gap” o'ynab turamiz. Terma jamoalar o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadigan FIFA kunlariga to'g'rilaymiz “gap”ni. G'atto Premer liga-yu, A-seriyalar ham kelib turishadi. Yig'ilishib biror terma jamoalarning o'yinini ko'ramiz. Ishonasizmi, uyalib ketaman, birorta futbolchim o'ynamaydi-da, shunaqa o'yinlarda. Lekin oxirgi yillarda o'shalarning oldida ancha obro'yim oshib qolgandi. Rivaldo, Skolari kabi yulduzlar menda, deb ancha to'riga chiqvolardim. La-Ligayam Laportadan eshitgan ekan derbilardagi shiddatni, meni alohida hurmat qilardi. Osiyoda-ku, hamma menga qulluq qilib turardi. Endi nima bo'ldiq Dard bo'ldi, balo bo'ldi. 14-kuni keyingi “gap”imiz. Qaysi yuz bilan boramanq Baxona qilay desam... Ayniqsa arablar bilan koreyslar rosa ustimdan kuladigan bo'ldi-da. Unga-ku chidayman, anov doimo choy tashib turadigan Gonkong Chempionati rosa kalaka qilsa kerak endi.
Demak, boshqalar oldida obruyingiz tushishidan qo'rqayotgan ekansiz-daq
Yo'g'-e uzr. Aslida o'zbekchilikda shunaqa o'zini ko'rsatib qo'yish degan odat bor, men ham o'zbekman. Lekin asosiysi, o'z muxlislarimni xursand qilsam, shunisi kifoya. Stadionlarga odamlar kirib borsa, o'yinlarimni hamma qiziqish bilan kutsa, mana shuning o'zi men uchun katta baxt.
Buning uchun nima qilish kerak deb o'ylaysizq Umuman OAV lardagi yoritilish sizni qoniqtiryaptimiq
Kecha shu masalada Turkiyalik do'stim bilan gaplashib qoldim. Uyam ja Yevropaning oldi emas-u, lekin futbolga bo'lgan qiziqish rosa yuqori ekan. Masalan, har bir turdan keyin deyarli barcha kanallarida 1-2 soat jonli efirda tahlil bo'lib o'tar ekan, tur oldidan ham shu ahvol. Natijada muxlislar chempionat muhitiga kirib ketar ekanlar. Menchiq Men ham istayman xaftasiga sakkiz martadan televizorga chiqishni. Chet ellarga chiqqim keladi.
Muxlislar sizga qiziqmasa, TV da sizi ko'rsatishdan ne nafq Ahvolingizni qarang, yosh bolalar qo'rqib ketadi-ku, sizni ko'rsa.
Endiiii, dollarning narigi tomoni ham bor. Masalan, 1998-99 yillarda stadionlarga juda katta qiziqish bilan kirishardi meni ko'rgani. 25-30 ming muxlis cho't emasdi. Sababi u paytlarda Interfutbol degan ko'rsatuv bo'lmasdi, anovi antennalar ham kam edi. Xullas, muxlislar TV da faqat meni ko'rishga majbur edilar. Keyin nima bo'ldiq G'ar xil kanallar ko'paydi, o'zimizni SPORT kanalimiz ochilib, katta chempionatlarni ko'rsata boshladi. Natijada xalqning futbolga bo'lgan chanqog'i qona boshladi, mening saviyamni bilib qolishdi va kelmay qo'yishdi. Men chet eldagi do'stlarimni bizda ko'rsatilishiga qarshi emasman, ammo meniyam yoritilishimni o'z o'rniga qo'yib qo'yinglar-da. Bir xaftada men haqimda birgina ko'rsatuvcha. Xaftada 1 ta voqea bo'ladimi, 10 tami farqi yo'q. Bechora Zafar ukam, yangiliklarni aytib olishga shunchalik shoshiladiki, uyam nima qilsin, vaqt 20 minut, naryoqda serial muxlislari kutib o'tirishgan bo'lishsa.
Gazetalardayam shu ahvol. Masalan bugun o'ynadim, ertasiga xabar yo'q. Ko'proq ikkita katta jamoamga e'tibor qaratishadi, boshqalar haqida gap yo'q..
. Bo'ldi, aka, biz sizni tanqid qilishga chaqirsak, siz hammani ayblab chiqyapsiz-ku! Ko'ngilochar savollar beraylik, bo'sh vaqtingizda nima qilasizq
G'ozir unchalik bo'sh vaqtim yo'q. Yozda otpuska oldim, biir Antaliyada dam olib kelmoqchiydim, 12-iyulda chaqirib qolishdi. Derbi bor ekan. Endi qishni kutyapman. Bitta yaqin do'stim bor, ismi TERMA JAMOA, o'zi g'irt bekorchi, aytishicha, kelasi yil umuman ishlamasmish, 2011 yilgacha tayinli ish yo'q, deydi. O'sha bilan eski damlarni eslaymiz, o'yinlarni tahlil qilamiz, xullas vaqt qanday o'tganini bilmay qolamiz. Uyam oxirgi kunlarda rosa noligan, chet ellarga borgisi keladi, bechora Ozarbayjondan boshqasini ko'rmay o'tib ketyapti. Yaqin do'sti Chili mehmonga aytgan ekan, Viza berishmadi. Rosa xijolat bo'ldi-da o'ziyam.
Balki jamoalaringiz sonini kamaytirsak shiddat kuchayarmidiq 1-ligagayam kurash qaytardi.
G'a yashang, birato'la tiriklayin ko'mib qo'ya qolinglar. Qutulardilaring. Xo'p, kamaytirib nimaga erishamiz. 14 ta komanda bo'lsa, “Mash'al” “Bunyodkor”ni yengib qo'yarmidiq Shiddatli o'yinlar ko'payarmish, qanaqasigaq Komandam kamaysa, kuchlilar ko'payadimiq Agar 8 ta komanda qoldirib, SUPERLIGA deb atasak, "Neftchi" superklub bo'lib qoladimiq Qaysidir jurnalist, agar ko'paytirish foyda bo'lsa, 30-40 tagacha chiqaraaylik deb kinoya qilibdi. Xo'sh, unda kamaytirish yaxshi bo'lsa, 2-3 ta jamoa qilaylik oliy ligada. 1-ligayam kuchayarmish... O'ylab gapiring, “Metallurg”ni 1-ligaga tushirib yuborsak, birinchi liga kuchayib qoladimiq Xullas bu yechim emas, tajribamdan va chet eldagi o'rtoqlarimdan bilaman. Ko'proq kichkina davlatlar va aksariyat legioner eksport qiladigan mamlakatlar bu usulni qo'llashadi. xech kim komanda sonini kamaytirib rivojlanib ketgani yo'q. Men sizga birinchi ligamdagi holatni tushuntirib beraymiq
Aytaylik, “Zarafshon NSZ”. Agar biror futbolga o'ta qiziqadigan homiy oliy ligaga olib chiqishni istamasa, hech qachon oliy ligani istamaydi. Kimga yoqadi, oliy liga talablarini bajar, o'rinbosarlar tarkibini tuz, badal to'la va hokazo.
Futbolchilarchiq Oliy ligada o'ynashni istashmaydimiq
Qiziqsiz-a, qanaqasiga o'ynashadiq Masalan o'sha klub futbolchilari jonlarini jabborga berib oliyga chiqdilar, deylik. Nima o'zgaradiq Murabbiy homiyga: ”Endi oliyga chiqdik, bizga oliy liga tajribasiga ega bo'lgan futbolchilar kerak, bo'lmasa yutqazamiz” deydi. Keyin 8-10 ta yangi futbolchi keladi, xuv tirashib-talashib oliyga chiqqan futbolchilar bor-ku, ular yo o'rinbosarlar tarkibida yuradi yo o'ziga boshqa klub axtarib sarson bo'lishadi. Nima qilishadi tinch boshlarini og'ritib, undan 1-ligada 4-5 o'rinlarda yurganlari yaxshi-ku!
2009 yil siz uchun qanday o'tdiq
Ochig'i, hamma aybni menga ag'darishlari jonga tegdi. Saytlarga kirib turaman, tanqid, tanqid, jurnalistlar ham, muxlislar ham orqa oldiga qaramay so'kishyapti. Saviya past, saviya past deyavermay, nima qilish kerakligini o'yla. Xuddi yuqorida aytganimdek, “yo'l iflos”, “yo'l loy” deydigan odamlarga o'xshamasdan, yo'lni tuzatishni o'ylashsa bo'lmaydimiq Keyin yana bitta iltimos, xadeb taqvimni o'zgartiravermanglar. Basharamda sog' joy qolmadi-ku o'zgaraverib. Masalan, oxirgisi, “Mash'al”ning “Bunyodkor” bilan o'yini. Ochig'i, sababini rosa o'ylab topa olmadim. Dastlab, “Bunyodkor” chempionlikni o'z uyida nishonlamoqchimikan, deb o'yladim. Keyin qaysidir saytda o'qib qoldim, “Mash'al” akademiyasining 5 yilligi bo'larmish-da, unda Skolari va Rivaldoning ishtirokini ta'minlash uchun o'yinniyam o'sha kunlarda o'tkazilishi kerakmish. Tavba, “Bunyodkor” o'yinga boryaptimi yo tadbirgaq Balki ochko kerak bo'lgan “Mash'al” kuchli”Bunyodkor” bilan emas, barchasini hal qilib, ochko kerak bo'lmagan “Bunyodkor” bilan noyabrda o'ynashni istagandir. Shu tomonlariga ham e'tibor berish kerakmiq Yoki derbini olaylik. “Gap jo'ralarim”ni ataylab derbi kuniga taklif qilardim har safar. Mana, mendayam shiddat bor, degim kelardi. Shunaqa o'zgarishlarni deb, oxirgi derbiyam bir pul bo'ldi. Oxiri shu PFL bilan urishib qolaman-ov...
- Klublaringizni xususiylashtirish masalasiga qanday qaraysizq
- Ro'paradan qarayman. Savol berishniyam qotirarkansiz-u. Jiddiy aytadigan bo'lsam, oxirgi kunlarda shunaqa gaplar ham ko'payib qoldi. Aslida barcha klublar xususiylashtirish uchun ochiq, ya'ni istagan odam uni sotvolishi mumkin. Jon deb berishadi, ortiqcha bosh og'rig'idan qutulishni Kim ham istamaydi deysiz. Masala boshqa yoqda, kim sotib oladiq G'ar qanday investitsiya foydani ko'zlab qilinadi. G'ozirda klub orqali o'sha tadbirkor foyda ko'rishi uchun sharoit bormiq Yaqinda onlaynda Premer Liga bilan gaplashib qoldim. “G'ar “gap”ga yangi kiyim kiyasan, shuncha pulni qayerdan olyapsan” desam, daromadlarini sanab ketdi. Translatsiyalar, transferlar, savdo belgisi, turli atributkalar va liboslar savdosi, reklama, stadion daromadlari va xokazo. O'ylab ko'rsam, shularning birorta pozitsiyasi bo'yicha ham klublarim foyda ko'rmayotgan ekan. Qanaqa qilib, klublarni sotib olinglar deb birovni majbur qilaman. Lekin umidim yo'q emas, birorta xalqparvar xotamtoy chiqib qolib, o'z joyidagi komandani kuchaytirsa, xursand bo'lardim.
Shu payt ikkita tartib-intizomni saqlash hodimlari kirib keladi:
-Milliy Chempionat ismli shaxs shu yerga keldimiq Boya u bir nechta futbol muxlisining qo'l-oyoqlariga o'z basharasi bilan jarohat yetkazgan. Biz uni olib ketgani keldik. Mayli oxirgi gapini aytib olsin.
Qahramonimizga so'nggi so'z beriladi:
“Aziz yurtdoshlar, mendan yuz o'girmanglar, meni saviyasizlikda ayblamanglar. Axir menining rivojlanishimiga mas'ul sizlar bo'lishingiz kerak! Axir menda ham bir paytlar shiddatli uchrashuvlar bo'lgan, hammangiz sevib tomosha qilgansizlar! Mangayam oson tutmanglar, 1-ligamdagi har bir klubim chiqib ketayotgan-da, men ham o'shalarga o'xshab yo'q bo'lib ketgim keladi. Ammo siz muxlislarni deb yo'q bo'lishni istamayman. Mening ismim MILLIY, ya'ni sizlarnikiman va bir kun kelib kuchli bo'lishimga ishonaman, chunki ba'zilaringiz aytayotgandek 0 emasligimini yaxshi bilaman. Axir men emasmi, Shirshovu-Akopyanslarni tarbiyalagan, Shatskix-u Bozorovlarni toblagan.. Nahotki, o'shalar haqqi menga ishonmasangiz, umidsiz bo'lsangiz. Axir eng oxirida taslim bo'ladigan ham, yutqazib ham so'z bermaydigan avvalo Siz muxlislar-ku! Nahotki ba'zilarning xatolari sizni mendan sovutsa, ajratsa! Nafrat to'la so'zlar, befarq ko'zlar nechunq Men sizlarning quvonchingiz uchun borman va kurashyapman-ku!”
G'ech kim uni so'zini eshitmadi. Xushtakbozlik bilan aybdorni kuzatib qo'ydilar.
|