YAKSHANBA, 2024.12.29, 13:15
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Июнь » 27 » "Jazo" endi "UMMON" nega?!
08:01
"Jazo" endi "UMMON" nega?!

«Professional intervyu» loyihasining bu galgi mezboni men — yozuvchi Azamat Qorjovov, mehmonimiz esa uch yigitdan iborat estrada guruhi —     «Ummon». Yil boshida sevgi haqida «Hech qachon yig'lama» nomli qissa ustida ish boshladim. Bosh qahramon — 17-18 yoshlardagi qiz. Uning boshiga kutilmaganda og'ir musibat tushadi. Biroq bir necha oylik urinishlardan so'ng ham qizning ichki olamini his eta olmadim. Eshitayotgan qo'shiqlari, qiziqadigan narsalari orqaligina prototipni o'rganishim mumkin edi. «Ummon» esa uning sevimli guruhi ekan. Bu guruh haqiqatan kishini yoshlar olamiga tortib keta oladigan qo'shiqlar armug'on etgan, ayniqsa, hech qanday klip, televideniesiz million-million yoshlarni o'ziga muxlis qilolgan, «shou-biznesda klip va radio-televideniesiz nom qozonolmaysan» degan asosiy «qoida»ni tarix sahnasidan supurib tashlagan guruh sifatida maydonga chiqqan edi…

«Ummon» guruhi «Edalvays» restoranidagi konsert zalida repetisiya qilayotganini aniqladim. Borganimizda, afsuski, qo'shiqlar muallifi, xonanda Zohid Rixsiev yo'q edi. «Istiqlol» san'at saroyida rejissyorlik qiladigan qiz Umida Toshmatova meni «Ummon»ning ikki xonandasi Jasur Rafiqov va Shohruh Isomuhamedov bilan tanishtirdi…

— «Ummon»day bo'lolmaysan» qo'shig'ida 2007 yilda faoliyat boshlangani haqida kuylanadi, aslida ijod qachon, qanday boshlangan?

Jasur Rafiqov: — Birgalikdagi ijodni 2007 yilning avgustida boshlaganmiz. Undan avval yakkaxon tarzda qo'shiq kuylab yurardik. Dastlab guruh nomi «Jazo» edi. Biroq turli salbiy fikrlar bildirilgach, «Ummon» deb o'zgartirdik.

— Nima uchun «Jazo» deb nomlangan ediyu nega aynan «Ummon»ga aylandi?

J.R.: — «Jazo», bu — men va Zohidning ismidan olingan, ya'ni «Ja» — Jasur, «Zo» — Zohid. Aytib o'tganimdek, bu nom keskin tanqidlarga uchradi. To'g'ri, «Jazo» og'ir nom edi. Shundan keyin «Ummon» deb yangi nom topdik. «Ummon» shu ma'nodaki, ijodimiz va muxlislarimiz ummondek cheksiz bo'lsin.

— «Ummon baribir ummon-de», «Ummon»day bo'lolmaysan» qo'shiqlarida kimlargadir qarata achchiq gaplar aytilgandek. Shu o'rinda muxlisangiz Noila Yahyoevaning (19 yosh) savoli: nega «Ummon»ning dushmanlari ko'p?

J.R.: — Kimlardir qo'shiqlarimizni tinglab, zavqlanadi, orom oladi, xotiralarga cho'madi. Biz bunday insonlarga kerakmiz! Ayrimlar esa, aksincha, ko'rolmaydi, hasad qiladi. Biroq kimlargadir qarata achchiq gaplar aytib qo'shiq kuylamaganmiz. «Ummon» baribir ummon-de», «Ummon»day bo'lolmaysan» qo'shiqlari yozilishga sabab shuki, biz haqimizda turli mishmishlar tarqaldi. Muxlislarimiz shunga javoban qo'shiq kuylashimizni iltimos qilishdi. Bu qo'shiqlarda ijodimizni kuylaganmiz, qolaversa, muxlislarimizga salomlar ham bor. Umuman, har kim qo'shiqdan o'ziga tegishli narsani olaveradi.

— Mutaxassislar qo'shiqlaringizni eng arzon va oddiy qo'shiqlar deyishdi. Bunga qanday fikr bildirasiz?

J.R.: — Qanday baho berish har kimning o'ziga havola. Balki kimgadir arzon va oddiy qo'shiq bo'lib tuyular. Biz hammasini o'zimiz bajaramiz, aniqrog'i, hamma qo'shiqlarni Zohid yozadi.

— She'ri va musiqasini hammi?

J.R.: — Ha, hammasini.

— Biror shoir yoki havaskor muxlis she'r bersa, kuylashlaringiz mumkinmi?

J.R.: — Albatta, kuylaymiz. Ma'no-mazmuni, janri to'g'ri kelsa, bizga yoqsa, bas. Shuni aytishim mumkinki, repertuarimizni boyitish uchun katta shoirlar va boshqa ijodkorlar bilan ishlashni rejalashtirganmiz.

— Kuchli yozuvchi bo'lish uchun avvallari soat to'rtda uyqudan turib, kun davomida o'n besh-o'n olti soatlab o'z ustimda ishlardim, hikoyalar yozardim. «Ummon»da ijodiy jarayon qanday kechadi?

Shohruh Isomuhamedov: — Biz asosan kechasi ijod qilamiz. Studiyada tungi soat ikki-uchlargacha, hatto tonggacha qolib ketgan damlarimiz bo'ladi.

J.R.: — Shunday qo'shiqlarimiz borki, bir kechada, ya'ni uch-to'rt soatda tayyorlangan, shundaylari borki, oylab vaqt sarflanadi. Masalan, «Xiyonat» qo'shig'i ustida olti oy ishladik, «Paxtakor» qo'shig'i esa bir kunda tayyor bo'ldi. Hamma gap ishtiyoqda, ilhomda. Biroq kuchli qo'shiq uchun baribir ko'p vaqt kerak, jiddiy ishlash lozim. «Xiyonat» qo'shig'i tayyor bo'lishi, birinchidan, ovoz yo'nalishida yangilik qilishga uringanimiz uchun uzoq cho'zildi. Ikkinchisi — qiziq sabab. Agar qo'shiqni tinglagan bo'lsangiz, Zohidning ovozi sal boshqacha, chunki u shamollab qolgan edi. Qo'shiqning bir qancha qismi tayyor bo'lgan kunlari u sog'aydi. Qo'shiqning oxirigacha ovoz bir xil bo'lishi uchun yana shamollab qolishini kutdik.

— Darvoqe, «Paxtakor» qo'shig'i «Radius 21»ning «Chempion» qo'shig'iga o'xshab ketarkan…

J.R.: — Ochig'i, bunday fikrni birinchi eshitishim.

— Yozuvchilar faqat kitob yozib yasholmaydi, ular qaerdadir boshqa ish bilan mashg'ul bo'lib, oilasini boqishi kerak. Qo'shiqchilar esa hech qaerda ishlamay, faqat ijod bilan yashasa bo'ladi. Biroq shunda ham qo'shiqlari bilan butun dunyoni zabt etadigan xonandalar yo'q. «Ummon» guruhi kelajakda qanday guruh bo'ladi? Jahon miqyosiga chiqoladimi?

J.R.: — Kelajakda qanday bo'lishimizni aytolmayman, lekin yanada kuchliroq bo'lishga harakat qilayapmiz. Balki jahon miqyosiga ham chiqarmiz.

— Muxlisangiz, pochta xodimasi Dilbar Qipchoqova (20 yosh) savoli: «Ummon» yigitlari qaerda o'qiydi yoki ishlaydi?

J.R.: — Men madaniyat kollejining rejissyorlik fakultetini tugatganman. Zohid politexnika kollejini tamomlagan. Ikkimiz hech qaerda ishlamaymiz, faqat san'at bilan shug'ullanamiz, Shohruh esa o'qiydi.

Sh. I.: — Kollejni bitirib, Toshkent agrar universitetiga o'qishga kirdim, hozir 3-kurs talabasiman.

— Nega endi Agrar universiteti? Kelajakda boshqa rejalar bormi?

Sh. I.: — Yigit kishiga qirq hunar ham oz, deyishgan.

— «Ummon» guruhi hech qanday reklamasiz, oddiy telefonlar orqali 15-20 yoshlar orasida eng mashhur guruhga aylanib bo'ldi. Sabab?

J.R.: — Eng katta yutuqlarimizdan biri internet deb o'ylayman. Qo'shiqlarimiz internet orqali keng tarqalayapti. Yoshlar.com va boshqa saytlarga qo'shiqlarimiz joylashtirilgan. Ayrim saytlarga qo'shiqlarni o'zimiz bergan bo'lsak, boshqalari o'zlari olib, joylashtirishgan. Masalan, radiolar ham o'zlari olib, efirga uzatishadi. Telefonlarga, fleshkalarga, disklarga internetdan yozib olishsa kerak.

— Internetdan boshqa san'atkorlar ham foydalanadi. Biroq yoshlar qalbini hamma ham «Ummon»dek ommaviy zabt etolmayapti. «Qo'shiqlaridagi mazmun voqealar orqali beriladi, sevgi, dard, armon hammaga tushunarli va hayotiy» deyishdi yosh-yosh muxlislaringiz…

J.R.: — Ha, biz yoshlarning ko'nglidagi kechinmalarni hayotiy, tushunarli va voqeiy qilib berishga juda katta e'tibor qaratamiz, uning-buning hayotidan olamiz. Balki shu eng asosiy yutug'imizdir. Buning uchun yoshlarning hayotini kuzatamiz, dardini tinglaymiz, aniq va mavjud dardni kuylaymiz. Qo'shiqlarimiz tayyor bo'lgach, darrov muxlislarga taqdim etmaymiz. Unga-bunga eshittiramiz, bachkana joyi yo'qmi, deb so'raymiz, fikr-maslahat olamiz.

— «Azob» qo'shig'ida bir voqea tasvirlangan. «O'n sakkiz yoshli qiz turg'azdi mani oyoqqa» degan jumla bor. O'sha qizning sizlarga aloqasi bormi?

Sh. I.: — Yo'q. Unda sovuqda qolib ketgan yigitning hayotini saqlab qolgan qiz haqida gap ketayapti.

— Sizlarni san'atga o'n sakkiz yoshli qiz olib kirib, oyoqqa turg'azgan, degan yashirin ma'no yo'qmi?

Sh.I.: — Albatta, yo'q! Biz san'atga o'z qiziqishimiz bilan kirib kelganmiz, hech qanday qiz olib kirmagan. Hammasiga o'z kuchimiz bilan erishganmiz.

— Homiylaringiz ham yo'qmi?

J.R.: — Hammasini o'z pulimiz bilan amalga oshirganmiz. Konsertlardan tushgan mablag'ga 2010 yilda shaxsiy «Ummon Media» studiyasini ochdik.

— To'ylarga ham chaqirishadimi? Qaerlarga?

J.R.: — Asosan Toshkent shahriga. Bundan tashqari vodiy to'ylariga ham ko'p takliflar tushadi.

Sh. I.: — Qozog'istonga ham borib turamiz.

— Hammangizni badavlat xonadon farzandlari deb o'ylagandim…

Sh. I.: — Oddiy oiladan chiqqanmiz.

J.R.: — Onam bog'chada tarbiyachi bo'lgan, hozir uy bekasi. Otam stomotologiyada ishlaydi. San'atga kirib kelishimga sabab — qiziqish. Avvaldan qiziqib, havas qilganman, qo'shiqlar ijro etib yurganman. Oilada uchinchi farzandman. Ikkita akam, bitta singlim, bitta ukam bor.

Sh. I.: — Adam metallurgiya zavodida ishlaydi, oyim bog'chada hamshira. Oilada ikkinchi farzandman. Akam va singlim bor.

— Zohidning oilasi-chi?

J.R.: — Zohid ham oddiy oiladan. U to'ng'ich farzand. Bitta singlisi bor. Onasi uy bekasi, otasi qaerda ishlashini, to'g'risi, bilmayman.

— Mashinalaringiz bordir?

J.R.: — Faqat Shohruhning mashinasi bor, men bilan Zohidda yo'q.

— San'at yo'lini tanlaganlaringiz uchun, ayniqsa, estradaning rok, rep, ey-ren-bi yo'nalishlarida qo'shiq kuylaganlaringizda oila a'zolaringiz qarshilik qilishmaganmi?

J.R.: — Boshida ozroq qarshiliklar bo'ldi, ja unchalik emas.

Sh. I.: — Menda qarshiliklar bo'lmagan. Hatto, boshida ahamiyat ham berishmagan. Shunchaki qiziqish deb qarashgan. Keyin qarashsa, ish jiddiy tus olib ketdi, muxlislar orttirdik. Shundan so'ng qo'llab-quvvatlashdi.

— Boshqalar tanqid qilishsa-chi? YEngil-elpi qo'shiqlar kuylashadi, milliylikka to'g'ri kelmaydi, deyishsa…

J.R.: — Hech kimga keragingiz bo'lmasa, tanqid qilishmaydi. Tanqid qilishayaptimi, demak, kerakmiz. Albatta, tegishli xulosalar chiqaramiz, yanada kuchliroq ijod qilamiz.

Sh. I.: — Tanqidlardan xursandmiz. Demak, ularning e'tiboriga tushibmiz. Biz haqimizda qancha ko'p gapirishsa, shunchalik e'tiborda ekanmizdan dalolat.

— Qo'shiqlaringiz internetdan olinishi, telefonma-telefon o'tishi haqida gaplashdik. Disklaringizni axtarib yurganlarni ko'rdim. Nima, «Ummon» disklari sotuvga keng miqyosda chiqarilmayaptimi?

J.R.: — Bor-yo'g'i bitta disk chiqarganmiz. Nomi «Ayriliq».

Sh. I.: — U ham bor-yo'g'i o'n besh nusxada (kuladi).

J.R.: — «Qaroqchilik» («piratskiy») yo'li bilan tarqalish avj olgani uchun bir-biridan nusxa ko'chirib va boshqa yo'llar bilan tarqatib yuborishdi.

— Qo'shiqlaringiz kompyuterga joylashtirilganda, «Vinamp» ro'yxatida ko'pincha «Ummon» degan yozuvni emas, Zohidning ismini ko'rish mumkin. Bundan tashqari Dilbar, Azik, Sardorbek, Serider, Sogdiana kabi ismlar ham uchraydi…

— Zohidning o'zining ijrosidagi qo'shiqlar ko'p. U «Ummon» guruhi tuzilmasidan avval ham kuylab yurardi. O'shalar tarqalib ketgan. Albatta, duetdoshlarning ismlari ham yozilgan. Dilbar, Sogdianalar bilan esa «Ummon» tashkil qilinganidan so'ng ham duet kuylaganmiz.

Sh. I.: — Ha, ular duetdosh. «Ummon» guruhi tarkibiga aloqasi yo'q.

— Muxlisingiz Dilshod Qodirov (20 yosh) savoli: nima uchun kliplar ishlab, televidenieda namoyish ettirmaysiz? Istamaysizmi yoki moddiy sabablari bormi?

J.R.: — Ijod uchun klip shart emas, qo'shiq ko'ngilga yaqin bo'lsa, muxlislarning o'zlari topib eshitishaveradi. Shu vaqtgacha klip ishlashga ishtiyoqimiz yo'q edi, lekin muxlislarimizning talabi borligini ham unutmadik.

— «Bir hovli chetida ona yig'laydi…» qo'shig'i Shohruh degan yigitning xotirasiga bag'ishlangan. Muxlisangiz Noila Yahyoevadan yana bir savol: «Shohruh tirik-ku, nega uni o'ldiga chiqarib qo'shiq kuylashdi?»

J.R.: — Qo'shiqni biz kuylamaganmiz. U endi tanilib kelayotgan Farrux Hamroevga tegishli. Bizning Shohruhga aloqasi yo'q.

Sh. I.: — Qo'shiq chiqqan kezlari men ko'p konsertlarga borolmaganman, shuning uchun mishmish tarqalib ketdi.

— Nega qo'shiqlaringiz ma'yus? Hali yoshsizlar, hijron, ayriliq haqida bu yoshda shunchalar armon bilan kuylash o'z-o'zidan bo'lmaydi…

J.R.: — Yo'q, hammasi ham ma'yus emas, sho'xlari ko'p. Ijodimizning boshida ma'yusroq qo'shiqlar bilan ko'proq ko'zga tashlangan bo'lsak kerak. Dardli taronalar ko'pincha qalbga yaqinroq bo'ladi. Hozirgi kunda sho'x qo'shiqlarni ko'paytirayapmiz.

— Yana bir muxlisangiz Dilafro'z Shermuhammadieva (20 yosh) savoli: «Ummon» guruhi yigitlarining sevgan qizlari bormi? Yoki hammasi uylanganmi?

Sh. I.: — Birontamiz uylanganmaganmiz. Sevgilimiz ham yo'q.

— Bo'lajak rafiqalaringiz qanaqa bo'lishi kerak?

J.R.: — Bo'lajak rafiqam shunday bo'lishi kerakki…

Sh. I.: — Yaxshisi, javob bermay qo'ya qol, Jasur. Bu haqda o'ylashga, gapirishga hali erta.

— Jahon estradasida ham kompyuter orqali ovozlarga jilo beriladi. «Ummon» qo'shiqlarida ham texnik imkoniyatlardan foydalanilganlik ochiq seziladi…

J.R.: — Ha, biz ham texnik vositalardan foydalanamiz. Qo'shiq har tomondan zamonaviy jihatlarga ega bo'lishi kerak. Muhimi, kompyuterdan foydalanilsa ham muxlislarga yoqadigan qo'shiq taqdim etishda, ovozda yangilik qilishda.

Sh. I.: — Bir xillik odamni zeriktiradi.

— Katta yoshlilarga mos qo'shiqlar kuylash niyatlaringiz ham bormi?

J.R.: — Niyatlar bor. Sekin-sekin hammasi bo'ladi.

— Turkiyalik savdogarlar «san'atkorlaringiz Turkiyaga kelsa, nuqul bozorga tushib, kiyim xarid qiladi» deyishadi. «Ummon» yigitlari liboslarni qaerdan sotib olishadi?

J.R.: — Qaerda, qaysi kiyim yoqsa, xarid qilaveramiz. Asosan Toshkent shahridagi do'konlardan olamiz.

Sh. I.: — Libos — san'atkorning yuzi. San'atkor hammaning diqqat-e'tiborida bo'ladi.

— «Ummon» qaerlarda konsert berishga, gastrol safarlarida bo'lishga ulgurdi?

J.R.: — O'zbekistonimizning barcha viloyatlarida konsert berishga ulgurdik. Qoraqalpog'iston va Qozog'istonda ham gastrol safarlari bilan bo'ldik.

— «Ummon»ni Amerikada tinglashayotgani haqida qo'shiqlaringizda ta'kidlab o'tilgan. Demak, olis mamlakatlarga ham qo'shiqlaringiz etib borgan?

J.R.: — Amerikada muxlislarimiz yo'q emas, bor. Bu gap to'qib chiqarilmagan.

— Eng mashhur qo'shiqlaringiz qaysilar?

J.R.: — Birinchi qo'shig'imiz «Sevaveraman»ning o'ziyoq muvafaqqiyat qozondi. Keyin «Sokin tun», «Sabab», «Bir umr», «Ayriliq», «Ko'zlaringda» kabi qo'shiqlarimiz mashhur bo'ldi. Hozirgi kunda eng ko'p eshitilayotgan qo'shig'imiz «Xiyonat».

Sh. I.: — «Xiyonat» radiodagi xit-paradda to'rt hafta birinchilikni ushlab turdi.

— Milliy yo'nalishdagi qo'shiqlarning hammasi ham kuchli emas. Muxlislaringiz aytishdiki, ayrim milliy qo'shiqlardan «Ummon» qo'shiqlaridagi samimiy va haqqoniylik kuchliroq. Menimcha, milliy, mumtoz qo'shiqlardan yoshlar hamisha ham o'zlariga mos hisni, dardkashlikni, ko'ngildagi gapni topolmayapti…

J.R.: — Hammaning o'z muxlisi, o'z davri bo'ladi. Hozir bizni eshitishayaptimi, borib-borib eshitishmay qo'yadi. Chunki bizdan ham o'tadiganlar maydonga chiqadi. Hamma narsaning oxiri bor.

— Muxlisingiz Umid Xushmurodov (16 yosh) savoli: «Ummon»ning do'stlari kimlar?

J.R.: — Guruhlardan eng yaqini «Samroz». Ulardan tashqari yoshlar ichida ko'tarilib kelayotgan ijodkorlar Shahboz, Azizshoh bilan yaqin do'stmiz.

— Qanday insonlarni hurmat qilasizlar?

Sh. I.: — O'z kuchi, mehnati bilan natijalarga erishayotganlarni.

— Hayotda biror maqsadga erishishda nimalar muhim?

J.R.: — Faqat mehnat.

Sh. I.: — Mehnat, izlanish, o'z ustida ishlash.

— Haqiqiy yigit qanaqa bo'lishi kerak?

J.R.: — Qat'iyatli, bir so'zli, o'z kuchiga ishonadigan.

— Ba'zi qizlarga yigitlari xiyonat qilishgan, tashlab ketishgan. Bunday qizlar ko'pincha «Ummon» qo'shiqlarini tinglashadi. Ularga nima degan bo'lardingiz?

J.R.: — Hamma narsaning davosi vaqt va sabr! Hali hammasi yaxshi bo'lib ketadi, kelajak oldinda axir!

— «Ummon»ni doim hurmat qilamiz, mahzun qo'shiqlarini ko'zda yosh bilan tinglaymiz, «Ummon» baribir yagona, deyishdi muxlislaringiz. Ularga tilaklaringiz…

J.R.: — Doimo sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, ish, o'qishlariga rivoj, omad..

Sh. I.: — Omad va ummondek cheksiz baxt tilaymiz!


Xulosa:

«Ummon» yigitlari oqko'ngil, zamonaviy, mehnatkash, o'z ustida ishlaydigan, bosiq yigitlar ekan. Yoshlarning kumiri Zohid bilan uchrasholmadim. Guruhdoshlarining gapidan xulosa qildimki, uning o'zi bir olam…

Guruh nomi: «Ummon»

Tashkil qilingan yili: 2007

Ijodiy yo'nalishi: rep, rok va milliy estrada

Repertuari: 20 dan ortiq qo'shiq

Kliplari: yo'q.

Disklari: 1 ta («Ayriliq»)

Xonandalari: Zohid Rixsiev (1990 yil 20 may)

Jasur Rafiqov (1991 yil 30 sentyabr)

Shohruh Isomuhamedov (1990 yil 1 aprel)

Bastakor va shoiri: Zohid Rixsiev

Auditoriyasi: asosan 15-20 yosh atrofidagi yoshlar

Gastrollari: O'zbekiston, Qoraqalpog'iston, Qozog'iston.

Prodyuser:

Matbuot kotibi: yo'q

Qo'shiqlari joylashtirilgan saytlar:

Studiyasi: «Ummon Media»


"UmmoN" Guruhidan "Sug'diyona" gazetasida intervyu


Категория: ШОУ-Бизнес | Просмотров: 2885 | Добавил: JAMSHID | Теги: Jazo, Ummon, nega?!, endi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz