Bu ikki sevishganlar ikki yil davomida Amerikadagi eng ko’p arazlashib va yana yarashib oladigan juftliklardan biri hisoblanar ekan. Taniqli yulduz Jastin va mashxur aktrisa Jessika Biel 2007 yilning yanvar oyida Sandens Film Festivalida tanishib shu vaqtgacha go’zal sevishganlar deb ta’riflanib kelmoqda.
Lekin eng qizig’i, bu oshiqlar juda arzimagan muammolardan arazlashib qolaverishi Amerika halqiga odatiy yangilik bo’lib qolgan. Masalan: Jastin 2008 yil 14 fevralida Jessika uchun harid qilgan brilliant ko’zli uzukni Jessikaning qo’liga taqib qo’yayotgan bir paytda qo’lidagi uzuk yerga tushib ketishi Jessikani g’azablantirgan va arazchi honim Jastin bilan 2 oycha gaplashmagan. Yana topishib olgan oshiqlar kuz oylarida odatiy uchrashuvni telefon orqali aniq bir vaqtga belgilashadi. Atigi 10 daqiqaga kechikkan Jastin yana Jessikani g’azabiga uchraydi va Jessika Jastin bilan umuman aloqani uzmoqchi bo’ladi. 2 oylarcha oraga tushgan sovuqlik yana iliq munosabatlarga aylanadi.
Lekin Jastin ham o’z sevgilisidan qolishmasligini 2009 yili Mart oyida namoyon etadi. Jessika kino syomka jarayonida bo’lgan bir paytda Jastin qo’ng’irog’iga uning "hozir bandman keyin gaplashamiz” deb yozgan habari Jastin uchun kutilmagan holat bo’ladi va "Urishqoq sevishganlar” nomi ostida press habarlariga yana tushishadi.
Jastin va Jessika hali turmush qurishmagan bo’lishsada ular Nyu Yorkda Jastin katta miqdorda sotib olgan villada birga yashashadi. Ular har doim erta tongdan 3 nafar kuchuklarini sayrga olib chiqishni odat qilib olishgan. Bu sabrsiz urushqoqlar yana qancha urishib yarashishlarini hech kim bilmaydi…
|