Главная » 2015»Декабрь»26 » Janubiy Amerikada toshqin tufayli 150 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi
17:35
Janubiy Amerikada toshqin tufayli 150 mingdan ziyod kishi evakuatsiya qilindi
Janubiy Amerikada davom etayotgan toshqinlar tufayli 150 mingdan ziyod kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Bunday toshqin mintaqada bir necha o‘n yildan beri kuzatilmagani aytilmoqda, deya xabar beradi “RBK”. Tabiiy ofatdan eng ko‘p Paragvay jabr ko‘rdi: prezident Orasio Kortes mamlakatda favqulodda holat joriy etishga majbur bo‘ldi. Paragvay daryosi sathi ko‘tarilib, poytaxt Asunson va uning atrofidagi hududlar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Rasmiylar daryo qirg‘og‘ida yashovchi aholini yoppasiga evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Tropik yomg‘irlar tufayli Urugvay, Argentina va Braziliyada ham daryolar sathi ko‘tarilgan. Argentina shimolida 20 mingga yaqin kishi evakuatsiya qilingan. Braziliyaning Riu-Grandi-du-Sul shtatida 1800 oila o‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri keldi.