Portalining yangi loyihasi bo'lgan "EvrikA"ning yana ikki g'olib aniq bo'ldi. Ulardan biri xonanda Ulug'bek Rahmatullaev bilan shaxsan uchrashish imkoniyatini qo'lgan kiritgan bo'lsa, ikkinchisi Shahzodaning maxsus sovg'asiga ega bo'ldi...
Ulug'bek Rahmatullaev tomonidan 3 savolga birinchi va aniq javobni portalimiz foydalanuvchisi Shahnoza Hayritdinova yo'lladi. Demak, savolga javob quyidagicha edi: 1. Ulug'bek Rahmatullaev jahon yulduzlaridan Brayn Adams bilan uchrashish va duet kuylashni orzu qiladi. 2. Ulug'bek Rahmatullaev san'atkorlikda boshqa, ammo san'atga taaluqli bo'lgan xunarlardan biri bo'lgan rassomchilikka qiziqqan. Hozir ham turli xil mavzularda rasm chizib turadi. 3. "Do'st" nomli duetini Murod Abdullaev bilan birgalikda ijro qilgan. Shahzoda tomonidan berilgan savollarga esa, Sveta ismli portalimiz foydalanuvchisi to'g'ri va aniq javobni yo'llagan. 1. Shahzodaning oyoq kiyimining o'lchami 36. 2. Shahzoda shu kunga qadar 8 nafar estrada xonandasi bilan duet kuylagan, ya'ni Shoxrux, Shaxriyor, Ravshan Sobirov, Athambek Yo'ldoshev, Lola va Rustam Sa`dullayev bilan "Saldati", Dj Smash va Timati bilan "Mejdu nebom i zemley". 3) Shahzodaning kuchugining zoti oq labrador. Shahnoza Hayritdinova va Svetalarning g'olib bo'lganliklari bilan tabriklaymiz va o'zlarining telefon raqamlarini info@sb.uz elektron manziliga yozib yuborishlarini so'raymiz. Loyihaning keyingi mehmoni xonanda va bastakor Jakhongir.Uz. Jakhongir.Uz ning savollari bilan dushanba 8 fevral kuni tanishtirib o'tamiz.
|