Главная » 2010»Июнь»6 » Jahongir Poziljonov hamda Jamshid Abduazimov aniq Firibgar!?
00:44
Jahongir Poziljonov hamda Jamshid Abduazimov aniq Firibgar!?
Jahongir Poziljonov hamda Jamshid Abduazimov aniq Firibgar!?
"Akfa-media" prodyuserlik markazi yangiliklaridan sizni voqif qilishda davom etamiz. Sirojiddin Xojiev "Bekorchi" filmida suratga tushdi, u talqin etgan rol kichik, ammo qiziqarli rol. Shuningdek, yangi qo'shiq yozdi. "Voydod" nomli ushbu qo'shiq so'zi Ilhom, musiqasi Rustam To'lashevga tegishli. "Nihol" mukofotii sovrindori Ziyoda esa lotin-amerika yo'nalishda "O'ynagan janon" nomli o'zbek tilida qo'shiq kuyladi. Shu bilan bir qatorda "Firibgar" filmi uchun Sirojiddin bilan duet tarona ham ijro etishdi. "Akfa-media" tomonidan suratga olinayotgan mazkur "Firibgar" filmi uchun yana bir duet tarona ijrochilari esa Jahongir Poziljonov hamda Jamshid hisoblanadilar. Prodyusserlik markazining yana bir vakili Ruhshonadan yaqin orada yangi klipni qarshi olishingiz mumkin.