Diqqat: agar kimir , qachondir shunaqa yigitni ko’rgan bo’lsa yoki endi uchratsa, hech kimga , hech qachon aytmasin, mahkam ushlasin va hech qayerga qo’yib yubormasin.
Dugonangizning yoki hamkasbingizning turmush o’rtog’i bundan mustasno. Begonaniki buyurmaydi!!
Qidiruvda: haqiqiy erkak.
Tashqi ko’rinishi- ahamiyatga ega emas.
Millati, bo’yi- umuman muhim emas.
Sochining rangi- farqi yo’q.
Alohida belgilari - ro’yhat ilova qilinadi.
Quyidagi ishlarning barchasini o’z zimmasiga olsin:
-ta’mir ishlari, ko’chish, yana ta’mir;
-yong’in, toshqin, dunyo miqyosidagi global isish yoki sovish, shu bilan birga, o’zaro munosabatlarga oralagan sovuqlikning oldini olish ishlarini ham.
Nosozliklarni bartaraf etishni bilsin, agar:
-poshnangiz sinsa, mashinangizni bilmay urib olsangiz, munosabatlarni bilmay buzib qo’ysangiz;
-qoqinsangiz, muvaffaqiyatsizlikka uchrasangiz, xijolatpazlik bo’lganda.
Quyidagi holatlarda ko’rish va eshitish funksiyasi ishlamasin:
-”makiyaj” qilayotganingizda, "chulki”ngiz so’kilganda yoki tugmangiz tushganda.
-qo’pol xazil , yolg’on gap aytib yuborganingizda.
E’tibordan qochirmasin:
-yangi soch turmagi, sochingizing yangi rangi, yangi tufli yo etik, yangi kiyim va h.k;
-shu bilan birga eski tufli, eski palto, yomon kayfiyat, kam maoshni darrov sezsin va zudlik bilan tuzatishga kirishsin.
Quyidagi holatlarga umuman yo’l qo’ymasin:
-zerikish, betob bo’lish, keksayish, kambag’allashish, huniklashish va o’ylamay ahmoqlik qilish.
Yoningizda bo’lganida:
-o’z uslubingiz, shaxsiy fikringiz , qiziqishlaringiz, pulingiz, o’z ta’tilingiz, buyumlaringiz, yahshi kayfiyat, hayotdan maqsadingiz hech qachon arimasa.
DOIM:
-qo’ng’iroq qilsa;
-mendan boshqa hech kimni ko’rmasa;
-uning uchun yagona bo’lsam;
-har kuni gul sovg’a qilsa.
………………..!!!!!!!!…………………:)
Dilso’z.
|