Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июль » 20 » Iymonning bahosi
|
Rivoyat. Yil o'g'ir kelib,Basrada bug'doy yaxshi bo'lmadi,qora xalq juda qiynaldi.Bag'dodlik bir savdogar basralik savdogar do'stiga bir kema bug'doy bilan xat jo'natibdi.Xatda: "Alloh yo'lida aziz birodarim! Basrada bug'doy kam bo'lib,xalqning og'ir kunda qolganidan xabardormiz.Sizga bir kemada bug'doy jo'natdim,shuni 2 tangadan sotib,pulini jo'natarsiz,deb umid qilaman.Xarajatlaringizni mana shu ikki foyda ichidan oling.Barchamizning ishimizda Janobi haq madadkor bo'lib,o'zi adashishdan saqlab,savdoyimizda barakot ato etsin!Birodaringiz!". Basralik savdogar oradan 2 hafta o'tkazib,bug'doylarni juda yaxshi bahoga sotdi va pullarni birodarini xursand qiluvchi maktub bilan birga jo'natdi.Maktubda shunday so'zlar bor edi: "Aziz do'stim! Yuborgan bug'doylaringizni bekamu-ko'st oldim.Ikki hafta kutgandim,bozorda bug'doy narxi juda yaxshi ko'tarilgach,2 tangadan emas 4 tangadan sotdim.Pullarni jo'natdim,ehtirom ila do'stingiz". Bu maktub va pullarni olgach,bag'dodlik savdogarning kayfiyati buzildi va basralik savdogarga maktub bitdi: "Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotuh.Maktubingizni olib juda qattiq xafa bo'ldim.Men bu bug'doylarni basralik birodarlarimiz turmushini yengillash uchun yuborgan edim,ikki barobar narxga sotib,meni Alloh oldida katta gunohkor qilib qo'ydingiz.Bu gunohimni qanday qilib yuvaman?Siz yuborgan pullarni qaytadan jo'natyapman,ularni basralik beva-bechoralarga tarqating.Men esa tavba qilish uchun Makkaga ketyapman.Siz mening nasibamga harom aralashtirib,gunohga qoldirib qattiq og'rintirdingiz.Shu boisdan siz bilan do'stligimiz rishtalari uzildi.Siz ham tavba qiling,shoyad gunohlarimiz mag'firat etilsa".
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 971 |
Добавил: Madinka
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|