Ishq... Xayot davom etmoqda, turmush bir maromda. Yashash maydonida umrguzaronlik qilayotgan eding. Nimadir boldiyu, bir nigohning ozida xayot ostin ustun bolib ketganday goyo! Xayot yanada gozallashganday, yurak goyoki faqat uni nomini aytib urayotganday....tuyuladi. Xayol parishon, kechalari kozga uyqu kelmaydi...Nimaga? Naxotki jonni entiktiruvchi bu qiynoq sevgi deb atalsa... Qizziq oddiygina bir soz qanchalar sizrli......qanchalar nafis. Qizzigi shundaki bir yot begona inson sen uchun xar kimdan xam , xar narsadan xam ustun bolib qoladi bir zumda. Sevgi degan tubsiz ummonga borgan sari chokib borar ekansan oldinga qoygan maqsading, orzularing barcha barchasi uni oldida unut boladi va u yangi orzularning bosh qahramoniga aylanadi. Uning tabassumi, uni kozlari uning sozlari oldida sen borligini yoqotib qoyganday. Butun vujud bilan uni sevasan. Butun vujud bilan sevish deganda ozini xayotta yolgiz xis etishga oxshaydi. Xuddi sen yolgizlikka xukm qilinganday bir umrga. Bir kishiga asir tushganday. Bu tuygularni xattoki eng chiroylik sozlar xam tariflay olmaydi. Bu tuygu oldida xattoki xushboy chiroylik atirgul xam bosh egganday. U xaqidagi xayollaring...Yuraging xuddi sen baxtlisan, baxtlisan deb urayotganday...Uning xar bir xatti xarakati seni oziga maftun qiladi. Seni sexrlaydi. Sen bu sexrni yechishga ojizsan! Boginga bir nafas kirayin dedim, Gullarning ifforin tuyayin dedim Tonggacha muxabbat sharobin ichib Qalbing mexmoni xam bolayin dedim. Korsam kozlaringdan kozim quvonar Tinglasam sozingdan dilim quvonar Ishq sozin tilimga olmayin NECHUN Qalbim ezgulikka nurga cholgonar!!!
Har yurak urushida aytilgan so'z...
Azizam, tanishganimizga ham mana bir yil bo’libdi. Shu bir yil ichida biz bir-birimizga juda qattiq bog’lanib qoldik. Esingdami, bundan roppa-rosa bir yil oldin senga sevgi izhor qilganimda, beihtiyor ko’zlaringga yosh kelgandi. O’shanda ilk bor sening qo’lingdan tutib, bag’rimga bosgandim. Sen esa jimgina ko’ksimga bosh qo’yganding. Biz bir-birimizning yurak urushimiz naqadar tezlashganini sezganmiz ilk bora. Sen savolimga javob bermaganding. Ammo, men uchun kerakli so’zni yuragingning har bir urushi takror va takror aytardi. Bilsanmi, dunyoda bizdan bahtli sevishganlar bo’lmasa kerak. Chunki shu bir yil davomida yaxshi kunimda ham, yomon kunimda ham sen doim yonimda bo’lding. Meni tashlab ketmading. Buning uchun sendan minnatdorman. Shuni bilginki, to tirik ekanman, hech kim seni mendan tortib olomaydi.
Yashirin muhabbat...
Sizni uchratdim-u, inson qalbi muhabbat bilan qanchalik go’zal bo’lishini ilk bor his qildim. Hayolimda jismi-joningizni qalamsiz chizganimcha, bir yarim yildan buyon siz bag’ritoshni kutaman. Sog’inchdan vujudim otash bo’lib yonmoqda: yonimda siz yo’qsiz… Sizni zolim deb atagan bo’lardim, ahir, mening murg’ak qalbimni yaraladingiz. Yuragim notinch daryo to’lqinlaridek bezovta. Mayli, har qanday sinov va sitamlar boshimga yog’ilsa ham, sizning yuragingizdan o’zga qizning muhabbati joy olgan bo’lsa ham, hafa emasman. Men uchun muhimi – sevib qolganim. Sevgimni topib, bahtimni topolmaganimdan hafa emasman. Siz bir umrga mening qalbimdagi yashirin muhabbat bo’lib qolasiz.
Men sizni intizor kutib yashayman, Sog’inchim yurakka yutib yashayman. Hijron kabutarin yaralariga Orzulardan malham tutiib yashayman.
Nahot sevgi raqam bilan sanalsa...???
Odamlar ba’zan birinchi muhabbatim degan iborani ishlatishadi. Men ajablanaman: nahotki sevgi raqam bilan sanalsa?! Sevgi inson hayoti davomida faqat bir marta berilmaydimi?! Yoki boshqalar qayta – qayta sevib qolaveradimi? Yo’q mening yuragim bunchalar keng emas. Mening qalbimga faqatgina bir insonning siymosi sig’adi. U ham bo’lsa yolg’iz sizning azizam…
|