Hozir men sizlarga bir qizning boshidan kechirganlar va kechirayotganlari haqida gapirib beraman. Imkoni boricha unga maslahat berishga harakat qilasiz degan umiddaman.
Men u qiz bilan yaqin dugonaman. U qiz yaqinda bir bola bilan tanishgandi. Qizning ismi Nodira, yigitniki esa Nodir edi. ikkalasi bir - birlariga uzukka ko'z qo'ygandek mos edilar. Ularni harakterlari ham bir biriga o'xshash edi. Xullas ular 2-3 oy gaplashishgandan keyin qizga uylanaman deb ortidan yugurib yurgan boshqa bola qizni sevgani borligini bilib ularnikiga janjal qilib bordi. Eng yomoni o'z otasi qiziga emas o'sha bolaning gaplariga ishondi. Hatto o'z qiziga gapirmay qo'ygandi. Osha vaqtlardagi dugonamning ahvolini eslasam yig'lagim keladi. Dugonam janjalda qo'rqqan ekan shekilli gepatit ya'ni sariq kasal bo'lib davolanib chiqdi. U o'sha vaqtda ham o'z sevgani bilan gaplashib turar edi. Sevgan yigiti unga uylanaman, albatta uyingga sovchi yuboraman deyishdan charchamasdi. Janjaldan keyin qizni uyodagilar janjal qilgan bolaga uzatishmoqchi bo'lganda Nodir Nodiraning dadasini oldiga bordi va qiziga uylanishini ham aytgandi. Lekin qizning uyiga sovchi yubormadi. Qiz hatto sevgani telefonini yo'qotib qo'yganida o'z uzugini ham bolaga berib yuboradi bola esa uni sotib o'ziga telefon oladi. Undan keyin esa qizni telifonini so'rab, uni va o'zini aparatini ham sotishini, keyin ikkita bir hil telifon olishini aytadi. Unga ishongan qiz ham telifonini berib yuboradi. Mana o'shanga ham 3 oy bo'ldi. Yaqinda qiz MTS bosh ofisiga borib yigitni 2 oylik gaplashuvlarini chiqartirdi. Ishonasizmi o'sha ro'yhatni o'zim ham ko'rdim unda Nodir bitta emas, bir nechta qizlar bilan 30 minutlab gaplashganini hatto kechlari sms yozganini ham ko'rdim. Dugonamni ahvolini o'zingiz tasavvur qilib ko'ravering. Man hatto dugonamga nima deb taskin berishni ham , nima deb maslahat berishni ham bilmay qoldim. Dugonam o'sha yigit uchun hamma narsa qilib berdi hatto vaziyati o'ziga yarasha vaqtda ham hech kimga aytmasdan uzugigacha berdi. Telifonini ham ishonib berib yubordi. Lekin yigit hatto dugonamni ishinchini ham oqlayolmadi. Haligacha pulini ololgani yo'q. Azizlar maslahat bering dugonam qanday yo'l tutsin?