Yoz
mavsumi boshlanganiga qaramay kinofilmlar taqdimotlari to’xtamayapti.
O’tgan haftalarda tomoshabinga havola etilgan filmlardan biri bu
klipmeyker Mansur Sulaymonovning "Ishonch” nomli debyut kartinasi
bo`ldi. Do’stlar o’rtasidagi ishonch ruhiyatini tomoshabinga ochib
beruvchi ushbu komedik melodramma rosmana hind filmlari kabi suratga
olingan. Ya’niki, ajabtovur dialoglar, yigitning shoirona
maqtanchoqligi va soxta jang sahnalari.
Yutuq
Film
kadrlari chiroyli montaj va kompyuter grafikasi orqali ancha
boyitilgan. Bosh qahramon obrazini ijro etgan Furqat Tursunovning
karate jang usullari bo’yicha tryuklari ham film kadrlarida o’ziga
xosligini bildiradi. Barcha voqealar bir-biriga chambarchas bog’langan,
kartinada uzilishlar yoki tushunmovchiliklar sezilmaydi.
Yo’qolib
qolgan Aziz Rametovning filmda paydo bo’lgani va mahoratli ijrosi
barchaning diqqatini tortadi. Qolaversa, kartinada katta aktyorlardan
Ubaydulla Omon, To’ti Yusupova, Said Muxtorov, Saida Rametova, Mirza
Azizov, Sanjar Shodiyev, yoshlardan Alisher Uzoqov, Aziz Rametov,
Dilorom Mirzayeva, Ma’mur Xolmedovlarning borligi tomoshabinga
aktyorlar ansamblining naqalar yaxshi tanlanganini bildiradi.
"Ishonch”da
estrada xonandalari va kino aktyorlari sifatida tanilgan Samandar,
Sharof Muqimovlarning ham ishtiroki kuzatiladi. Garchi ular faqatgina
bitta-ikkita sahnada ko’rinishsa-da, maxsus taklif etilishgani film
mavqeyiga hissa qo’shgan.
Kamchilik
Bosh
qahramon obrazini ijro etgan yigitda plastika unchalik ham quvonarli
darajada emas. Agarda u o’zi bajarayotgan jang san’ati usullarini
plastik uyg’unlikka olib kela olganida, uni shu filmning o’zidayoq
mahoratli aktyor sifatida tan olishimizga yetarli bo’lar edi. Lekin
bunga hali ancha bor ekan...
Filmda
bosh qahramonning singlisi rolini ijro etgan aktrisa ham unchalik
kartinaga qovusha olmagan. Balki u o’zining ikkinchi darajali obrazda
ekanligidan ko’ngli to’lmagandir?
Qolaversa,
kartinada turli xorij musiqasi o’yinlarini ko’rsatishga harakat qilgan
xonandalarimiz ya’ni o’sha yuqorida aytgan Samandar va Sharoflarning
raqslari umuman kerak ham emas edi. Shunisi ortiqcha bo’lib qolgan. Bu
bosh qahramon yigitning ulardan mahoratli ekanligini ko’rsatish
niyatida tashkil qilinganini sezish mumkin. Ammo...
Nima
bo’lganda ham Mansurning debyut filmida katta xatoliklar ko’zga
tashlanmaydi. Axir bu yoqda prodyuserning ham talablarini hisobga olish
kerak. Shuning uchun "Ishonch” filmi ijodkorlariga omad tilab qolamiz.