Hamani bu yilgi yengi boshlangan o'qish yili bilan tabrikliyman hamaga omad!! Lekin man ko'rgan voqeani hechkimga ravo ko'rmiman. Man TATU ni 2 son akademik litseyini bu yil 3-kurs o'quvchisiman. Quyidagi voqeani silaga etishimdan maqsad sevgi borasida adashmaslikka harakat qilila. Bu voqea huddi afsonaga o'xshidi man bu ahvolga tushganimga umuman ishongim kemiyapti. Hullas:
Shu yilni mart oylari edi man 2-kursli paytim. O'zbekcha chat kanallaridan birida bir qiz bilan tanishib qoldim u qizni gap-so'zlari shunchali shirin ediki u manga so'zlagan sari o'ziga tortardi. Man u bilan yaqindan tanisha boshladim keyin undan rasmini so'radim u rasmini internet orqali ko'rsatdi... U qiz man bilan suhbatlasharkan manda qalbimda qandaydir muqaddas tuyg'u paydo bo'lganini sezardm keyin u rasmini ko'rsatganidan keyin bu tuyg'u Sof Sevgiligiga ishondim u chatga judayam kam kirardi man uni kunlab kutardim keyin undan chatga har kuni kirishini so'radim u iltimosimni yerda qoldirmadi u bilan har kuni gaplashadigan bo'ldik uni ham manga befarqmasligini sezardim. U ham mandan rasmimni so'radi manam internet orqali ko'rsatdim u rasmimni ko'rib maqtadi uni maqtovlari yuragimga muhabbat suvlarini separdi. Kunlar o'tdi Aprel oxirlarida u yana kam kiradigan bo'lib qoldi keyin umuman kirmadi. Man uni kunlab, haftalab, hatto oylab kuttim uni rasmini har doim yonimda olib yurardim tunda rasmini quchoqlab uhlardim. Uni telefoniga tel qisam o'chiq bo'lardi. Man uni yo'qotganimga ishonmasdim mani hayolimni har doim u band qilardi, u yana chatga kirarmikin dip har kuni kutardim. bu ahvolim iyul oyini boshlarigacha davom etti 2 iyul kuni soat kechki 7 lada chatga kirdim kirsam o'sha nikda bir qiz o'tiribti man uni o'shaligiga ishongim kelmasdi nahotki u qaytdi man uni topdim deb ich ichimdan hursand bo'lardim go'yo bu hayottia mandan baxtli odam yo'day. Buni qarangki uni o'zi manga gap boshladi uzur so'radi uni internetini uzib qo'yishibti. man hechqisi yo'ligini ettim telefoni nega o'chuligini so'radim u o'z telefonini sinisiga berganini etti mayli nima bo'lsa bo'lsin zato sizni topdim deb uni yana yo'qotishni hohlamasligimmi ettim va uy manzilini so'radim u tortinmasdan berdi. Keyin barcha siqilganlarim o'tib ketti yana o'sha baxtli kunlar boshlandi u bilan yana har kuni gaplashardim. Lekin uni bir joyga taklif qilomasdim negaki manda shunaqa harakter boredi agar oldimda yolg'iz bitta qiz man bilan yuzma yuz gaplashsa u bilan bemalol gaplashib ketomasdim qanaqadir uyalardim shunichun u bilan uchrashishga hali vohlimikin deb o'ylardim. Lekin uni uyiga tez tez boradigan bo'ldim lekin unga va uni uyidigilariga ko'rinishni holamasidim va uzoqda uni chiqishini soatlab kutardim u gohida chiqardi gohida uni ko'rmasdan qaytib ketardim chiqqan paytidayam unga ko'rinmasdim uzoqdan u qilayotgan ishlarga yani ko'chaga suv separdi, supurardi shu ishlarini tomosha qilardim go'zal hayol surardim o'shanda ollohdan o'sha qiz maniki bo'lishini so'rardim va qaytib ketardim bizni muloqatimiz faqat chat va telefonda edi keyin telefonini singlisiga berganidan keyin faqat chat bo'lib qoldi. Buni qarangki man u bilan shuncha gaplashib qatta o'qishini so'ramabman bir kuni so'radim uni javobi bir tomondan mani quvontirdi bir tomondan biroz hafa qildi quvontirgan joyi u ham TATU ni 1-litseyida o'qib mandan 1 yosh kichkina bo'sayam shu yili bitirib TATU ga topshirganini etdi hursan buganim mani o'qishim bilan TATU ni orasidagi masofa judayam yaqin, hafa qilgan joyi u mandan kichik bo'p turib mandan kotta kurslarda o'qishi edi nu man hafa bo'maslikka harakat qilardim chunki baribir bir kin bu o'qishlani bitirib ketamizu... Endi o'qishga billa borarkanmizade disam u "hudo holasa" deb qo'yardi holos keyin u manga faqat do'st bo'lishimizani ko'p etardi man u gapiga ahamiyat bermasdim chunki do'stlikniyam bir kun sevgiga aylantirish mumkinligiga ishonardim. Hullas u Instga kiribdi buni eshitib boshim osmonga yetti man ahmo hattoki shu kirgani muosabati bilanam u-bu joyga aylanishga obormabman. keyin intizorli bilan o'qish boshlanishini kutardim man o'qishni 1-kunida unga sevgimmi isxor qimoqchi edim mana 3 kun oldin o'qishni birinchi kuni edi intizorli bilan kutilgan payt ham keldi. Man 2-sentabr kuni rosa u bilan gaplashishga, uni oldida uyalmaslikka tayyorlandim. Ertasi kuni o'qishga bordim TATU eshiklari oldida qo'limda kichkinagina sovg'a bilan uni kutardim shu payt yonimga akamni yaqin do'sti Doniyoraka kep qoldi u ham kiminidir kutishini etdi va mani qo'limda turgan sovg'aga qarab ha kelin bolani kutvossanmi deb ustimdan kulgandey tabassum qilib qo'ydi Doniyoraka ham mani akamdey bo'p ketgandi u bilan gaplashib turdik u ham kimnidir kutardi manam... Keyin u yahshisi orqaroqda turganim yahshi kelin bolani oldida sanga halaqit bermi deb orqaroqqa ketti manam mayli deb kutishda davom ettim. O'qish tugadi hamma talabala chiqishardi ulani orasidan Nozigimmi topish juda qiyinidi man uni ko'rdim, ko'rdim uni u ham man tomonga qaradiyu tabassum qilib kela boshladi man oldiniga hayron bo'ldim u mani rasmda bir marttagina ko'rgan nahotki u mani uzoqdan tanidi?... U kelardi man hayajondan o'zimmi yo'qotay deb turimman u keldiyu huddi kinolardagidey mani yonimdan o'tib Doniyorakam bilan ko'rishdiyu ketayotib Doniyorakam man bilan hayrlasharkanla ko'zimmi Nozimadan uzomasdim u ham manga beganalarday qaradiyu mani ko'zlarimdan uyalganidan ko'zini olibqochdi man o'shanda gapirgilarim chuntirgilarim kelardi "man Nozima man Rustamman" degilarim kelardi lekin o'zimmi tiydim u baribir tanimadi. Doniyorakam: Ha kelinbolani chiqishlari qiyin bo'p ketti deganlaricha Nozima bilan qo'l ushlashib ketishdi... Man uchun atrof qorong'u ko'zimga hech narsa ko'rinmasdi endi bildim nega u manga faqat do'st bo'la olishimizani ko'p takrorlashini man bu voqeada huddi o'zimni bir kinoda rol o'ynagandey tasavur qilardim ahir hayotta bunaqa voqea kamdan kam bo'ladiku. Tag'in kim beganamas o'zimmi akamni do'sti bilan... man aybni o'zimga qo'ydim chunki uni vaqtida sevgisini qozonmadim vaqtida uni aylantirishlaga oborolmadim. Muzlagan tanam bilan amallab uygacha keldim ko'chada rosa yeg'lab yuvorgilarim keldi lekin o'zimmi bosishga harakat qilardim. Akamham Nozima bilan gaplashvotganimdan behabar emasdi lekin do'sti u qiz bilan gaplashib yurganidan behabar ekan shunichun bor gapni akamga etib berdim akamdan Nozima Doniyorga kim bo'lishini so'rab berishini iltimos qildim u mani rosa ovutishga harakat qildi va hop deganicha ishga ketti. Doniyor bilan bir ishda ishlashardi akamni ishdan kelishlarini kuttim keldila va so'radim, ettilaki: Nozima Doniyorga faqat oddiy do'st ekan sevishmasakan didila man ulani gaplariga ishongim kemasdi chunki manga akam shu paytgacha biron martta hafa qiladigan gap gapirmaganla. Man bor haqiqatni Nozimani o'zidan bilmoqchi bo'ldim va uni chatta kuta boshladim u kirdi u bilan salomlashdim va uni biroz koyishni boshladim: Vohliro etmaganmidiz yigitim bor deb man sizzi bezovta qimasdim tag'in kim bilan o'zimmi akammi do'sti bilan Doniyor ham mani deyarli akam man sizga o'yinchoq bo'ldimmi deb barcha siqilib ketgan alamlarimmi chiqarardim... u mani qattan bilganimmi so'radi, man bor haqiqatni usha doniyor bilan gaplashib turgan va hayrlashvotganda sizdan ko'zini uzomagan man bo'laman dedim. U ham tushuntirishni boshladi aytishicha ular oldindan birbirini sevarkan buni ulani ota-onaligiyam bilarkan Nozima o'qishni tugatib Doniyorakam bilan to'yi bo'lishi mumkinliginiyam etti unda nega man bilan gaplashvos nega mani yuragimni o'g'irladiz desam u mani judayam yahshi bolaligimmi man bilan faqat yaqin do'st bo'lishni so'rardi u ettiki agar Doniyorakam bilan uchrashmaganda ula birgaligini ulani ota-onaligi bilishmaganda balki siz bilan baxtli bo'lardim lekin uzur bu taqdirdanakan mani kechirin lekin iltimos mani tashab ketmen faqat do'st bo'lili dip yalinardi...
Mana bu voqeaga ko'pmas 3 kun bo'ldi man hali o'zimga kelomayamman iltimos kech bo'masdan manga maslahat berila man Nozimani telefoniga javob bermayamman. Man uni butun umr unutomiman...!! Oldindan RAHMAT
RUSTAM
|