Internetdagi armon bo'lgan azobli muxabbatim
Falonchini to’yi bo’layotgan ekan, kuyov bo’lmish chet eldan ekan, qanaqadir inernet deganidan sevishib, tuy qilishayotgan ekan.
Qo’shni eshitdingizmi, anu qiz qaysidir shaxarning boyvachchalaridan biriga turmushga chiquvdi, o’sha qaytib kelibdi.
Nima uchun?
Yigit u qizni xotin qilish uchunamas sotish uchun yolg’ondakam to’y qilgan ekan.
O’zi qayerdan tanishgan ular, axir bizani yurtimiz va u yurtni orasi ancha bo’lsa?...
Bilmayman, o’g’lim trnet dedimi nima.
Shunga o’xshash gaplarni deyarli har kuni eshitamiz, lekin ming afsuslar bo’lsinkim o’zimizga tegishli xulosani chiqarmaymiz. Yana bir internetdan topilgan "sevgi” qissasini sizlarga yuboryapman. Balkim Suxeylaning xatolari sizga o’rnak bo’lar. U qilgan xatolardan xulosa chiqararsizlar.
"Kuz oylarining birida internetda Raxmon ismli Termizlik yigit bilan tanishdim. U judayam g’ururli va xushmuomala edi. Raxmon bilan dost boldik. Oradan oylar otib u manga sevgi izhor qildi, man unga ishonmasdim chunki dunyoda sevgi borligiga ishonmasdim. U poytaxtda yashardi, ota onasining kenjatoyi, judayam boyvachcha va hech kimni ayniqsa qizlarni mensimaydigan bola edi. Oyjonisini deputat deb tanishtirgan Raxmon yangi yil arafasida dadajonisi ishdan quvilgani va Surxandaryoga qaytishganini aytdi. Hammasi shu xabarni eshitgan kunimdan boshlandi. Raxmon Termizga kelgach umuman o’zgardi, man tanigan Raxmon va hozirgi Raxmon orasida ancha farq bor edi. U indamas, insonlarga qo’shilmaydigan bo’lib qoldi. Bir kuni telefon qilsam kasalxonada ekanligini aytdi, xavotir oldim va do’stimdan nima bo’lganini so’radim. Do’stim: "Suxeyla mani mazam qochib qoldi, doktorlar umid yo’q deyishdi” shu gaplarni eshitib dunyo ko’zimga qorong’u bo’lib ketdi. NAhotki sho’x - shodon do’stim tuzalmas kasal?! Ishongim kelmadi, bilmadim haqiqatni bilgach unga rahmim kelibmi, bor vaqtimni unga ajratadigan bo’ldim, xafa bo’lsa xursand qilishga harakat qildim. Yig’lasa yig’ladim, kulsa kuldim. Garchi unga nisbatan ko’nglimda sevgi bo’lmasa ham, uni sevgisini qabul qildim. Bir kasalmand odamning ko’nglini ko’targanimdan yashashga ozgina bo’lsa ham umid berganimdan boshim osmonda edi. Unga hamdard bo’laman deb, qattiq bog’lanib qoldim. Bir kuni mandan Suxeyla iltimos telefonimga 2000 tashlab qo’ying, ishga kirgach albatta qaytaraman dedi. Rahmim kelib xop dedim, lekin Nodir shu 2000 ni qaytarish o’rniga har ikki kunda schetiga pul tashlashimni iltimos qilardi va gapining so’ngida qarzi qanchaligini aytib ishga joylashgach albatta qaytarishini aytardi. Ancha vaqtlar o’tgach man u siz yasholmaydigandek bo’lib qoldim. Ovozini eshitmasam tentak bo’lib qolardim. Bir kuni telefon qilsam ojidaniega tushdim ikki soat kim bilandir gaplashgan kim edi deb so’rasam o’rtog’im sevgan qizi bilan gaplashdi deb aldadi. Shu kundan boshlab man har kuni ojidaniega tushadigan bo’ldim, har doim baxonalar bor edi. Unga ishonmasdan qo’ng’iroqlar detalizatsiyasini oldim, oldimu shokka tushdim. Ishonganim hurmat qilgan insonim ishonchimni oqlamadi. Hammasini tan oldi, uzr Suxeyla san bilan faqat paynet uchun gaplashib yurardim, ishon sani sevaman lekin ota-onam sani manga olib berishmaydi, baxtli bo’l azizam deb trubkani qo’ydi. Yig’ladim, yalindim bari befoyda edi. Uni sevib qoldim deb o’yladim va shu sevgim tufayli aqldan ozdim deb o’ylardim. Lekin vaqt hamma narsaga davo deganlaridek ishonasizmi bir oyga qolmay, mani unashtirishdi. Malikalardek kelin bo’ldim, turmush o’rtog’im mani chin dildan sevadi va u kishining oila a’zolari hurmatimni joyiga qo’yadi, shiringina qizalog’imiz bor. Yaqinda bog’chaga chiqadi. Man judayam BAXTliman”.
Ilohim shu baxtingizga ko’z tegmasin Suxeyla. Internet, turli tanishuv portallari, chatxonalardan topilgan "BAXT” hech qacho to’kis bo’lmasligi yana bir bor o’z isbotini topdi. O’zbekmiz o’zligimizni yo’qotmaylik.