YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:20
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Ноябрь » 17 » Internet senzurasiga qarshi tizim yaratilmoqda
15:04
Internet senzurasiga qarshi tizim yaratilmoqda
Yangi tizim sinovdan muvaffaqiyatli o'tsa va ishga tushsa, o'zbekistonlik Internet foydalanuvchilari ham mamlakatda blok qilib qo'yilgan saytlardan ma'lumotlarni shifrlangan rss kanallari orqali o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

AQSh hukumati Internet jahon tarmog'ida senzurani chetlab o'tish tizimini yashirincha sinovdan o'tkazmoqda. Bu tizim O'zbekiston, Eron, Xitoy kabi davlatlarda Internetga o'rnatilgan to'siqlarni chetlab o'tish imkonini beradi.
Amerika radioeshittirishlar boshqaruvchilari kengashining axborot texnologiyalar bo'limi rahbari Ken Bermanning aytishicha, gap Internet tarmog'ida filtrlarni chetlab o'tuvchi texnologiyalar yordamida yangilik va video materiallarni elektron pochta orqali uzatish haqida bormoqda. Ammo amerikalik rasmiy tizimning boshqa jihatlari hozircha sir tutilayotganini aytdi.
- Internet senzurasini chetlab o'tuvchi vositalarni ishlab chiqishda boshqarmamiz ko'pdan beri izlanishlar olib bormoqda va bu sohada yetakchi desam ham bo'ladi. Aytayotganimiz ushbu yangi g'oya yaqinda muhandislarimizdan biri tarafidan ilgari surildi va Las Vegasda taqdim etildi. Ushbu dastur FOE (Feed Over Email) deb ataladi. Lekin bu tizimni hali ham sinovdan o'tkazayapmiz. Uni sinovdan o'tkazib, ish berishiga amin bo'lganimizdan so'ng bu haqda batafsil ma'lum qilamiz, dedi Berman.
FOE (Feed Over Email) deb ataluvchi yangi dastur amalga oshgudek bo'lsa¸ o'zbekistonlik Internet foydalanuvchilari mamlakatda blok qilib qo'yilgan saytlardan ma'lumotlarni shifrlangan rss kanallari orqali o'qishlari mumkin bo'ladi. Saytlardagi ma'lumotlar o'quvchilarga Google, Micrasoft shirkatining Hotmail hamda Yahoo shirkati e-mail kanallari orqali xavfsiz shaklda yuboriladi.
- Bu tizim Internetdagi to'siqlarni aylanib o'tishning an'anaviy "proksi" usulidan farqlidir. O'quvchilar shifrlangan rss kanallari orqali blok qilingan saytlardan ma'lumotlarni e-mail orqali olishlari mumkin bo'ladi, deydi Amerika radioeshittirishlar boshqaruvchilari kengashining axborot texnologiyalar bo'limi rahbari Ken Berman.
Bundan tashqari¸ bloklab qo'yilgan saytlarga uchinchi serverlar orqali kirish imkonini beruvchi tizim ham sinab ko'rilmoqda. Bermanning aytishicha, hozircha bu sinovlar dastlabki bosqichdadir.
Internet senzurasini chetlab o'tuvchi tizim Vetnam, Myanma, Xitoy, Eron, Tojikiston va O'zbekiston kabi davlatlar uchun mo'ljallanishi bildirilmoqda.
Kompyuter sohasi mutaxassislari esa yaratilayotgan texnologiyada yangi jihatlar yo'qligini aytishadi. Odatda, Internet senzurasini chetlab o'tish uchun proksi saytlardan foydalaniladi. Bu yerda esa elektron pochta tanlangan. Axborot uzatishning bu usuli aholi orasida qanchalik ommalashishi ham savol ostida. Shunday bo'lsa-da, kuzatuvchilar axborotga tashna o'zbekistonliklar uchun bunday dasturning amlaga oshishi muhim ekanini aytmoqdalar.
Parijdagi "Chegara bilmas muxbirlar" tashkilotining Internet dasturi rahbari Klotild Le Kozning aytishicha, bunday tizim ishlab chiqilayotgani O'zbekistondek Internet senzura qilinadigan davlatlar aholisi uchun juda muhimdir.
- Internet nuqtai nazardan ham bu davlat juda yopiq. Birinchidan¸ O'zbekistonda Internet boshqa davlatlarga qaraganda ko'p tarqalmagan. Ko'pgina odamlar hali ham Internetdan foydalanish imkoniga ega emas. Foydalangan taqdirda ham O'zbekistonda Internet ustidan siyosiy senzura o'rnatilgan. Muxolifat saytlariga kirish imkonsiz, deydi Klotild Le Koz.
O'tgan oy O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi mamlakatda internet foydalanuvchilar soni, joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko'ra, 2,6 million odamni tashkil qilgani haqda bildirgan edi. Agar O'zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tarqatgan bu ma'lumotga ishonilsa, O'zbekistonda har 10 odamning biri jahon tarmog'idan foydalanish imkoniga ega, deyish mumkin bo'ladi.
130 dollarlik o'g'irlik
AQSh Adliya vazirligi Amerika tarixidagi eng yirik kiber o'g'irlik haqida ma'lum qildi. Floridalik 28 yashar Albert Gonsalez hamda uning ikki chet ellik sherigi bank kompyuter tizimini buzish orqali jami 130 million AQSh dollarini o'g'irlaganlikda ayblanmoqda.
Ular o'g'irlikni "7-Eleven”, "Heartland Payment Systems Inc” kabi bozori chaqqon do'konlar hisob tizimlarini buzish orqali amalga oshirganlar.
"Bu xakerlar tarafidan amalga oshirilgan eng yirik o'g'irlikdir”, deyiladi AQSh Adliya vazirligi tarqatgan bayonotda.
Tergov xulosasiga ko'ra, Albert Gonsalez 2006 yilning oktyabrida rossiyalik ikki sherigi bilan jinoiy guruh tuzadi. Ular qisqa davr ichida do'konlar hisob tizimlarini o'rganib chiqishadi va SQL in'eksiya yo'li bilan kredit tizimlari ma'lumot bazasiga kirishadi.
Gonsalez va uning sheriklari o'z o'ljalari, ya'ni 500 ta bozori chaqqon shirkatlar ro'yxatini "Fortune” jurnalidan topishgan. O'g'irlangan pullarni esa AQShning Kaliforniya va Illinois shtatidagi hamda Latviya, G'ollandiya va Ukrainadagi hisoblarga o'tkazishgan.
Ular o'zlari ega bo'lgan hisob raqamlari, pin kodi va hisob egalarining uy adreslari va telefon nomerlarini boshqa jinoiy to'dalarga sotmoqchi ham bo'lishgan. O'zbekistonlik kompyuter dasturlari sohasi mutaxassisi Yusufbek Maqsudov SQL in'eksiya orqali bank ma'lumotlar bazasiga kirilishi ko'p tarqalgan usul ekanini aytadi.
- SQL in'eksiyasi shunaqa ishlaydiki¸ xaker foydalanuvchi ismini kiritishning o'rniga maxsus tayërlangan bitta buyruq yuboradi. O'sha buyruq natijasida bazaga ketadigan buyruq foydalanuvchi ismini tekshirish buyrug'i o'rniga xakerga kerak bo'lgan boshqacha buyruq uzatiladi. Foydalanuvchilarning ismlarini¸ manzillarini¸ kredit kartasining nomerlarini shu yo'l bilan olish mumkin. Parolni bu yo'l bilan olib bo'lmaydi¸ deydi Yusufbek Maqsudov.
Amerikada qayd etilgan 130 million dollarlik o'g'irlik bank tizimi xavfsizligini yana bir bor savol ostiga qo'ydi. Ammo Yusufbek Maqsudovning aytishicha, hozirda moliya tuzilmalari xaker hujumlarga qarshi eng kuchli himoya tizimlarini o'rnatishgan.
- O'zini hurmat qiladigan moliyaviy idoralar bunday sodda hujumlarga qarshi juda ham murakkab mexanizmlarni o'z o'rniga qo'yib qo'yishadi. Lekin buning ustida ham baribir oddiy insonlar ishlagandan keyin insonlar xato qilib qo'yishi mumkin. Mayda-chuyda joylarda qolib ketgan va topilmagan xatolarni xakerlar topib olib¸ ma'lumotlarni qo'lga kiritib olishlari mumkin¸ deydi Yusufbek Maqsudov.
Agar Albert Gonsalez aybi isbotlansa va aybiga iqror bo'lsa, u 35 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va unga yarim million dollarlik jarima solinishi mumkin.
Amerika matbuotiga ko'ra, Gonsalez o'rta ma'lumotga ega va kompyuter dasturlarini o'zi o'rganib chiqqan.
U bir yil avval o'g'irlangan bank hisob ma'lumotlarni sotishga mo'ljallangan "Shadow Crew" saytini asoschisi sifatida politsiya nazariga tushgan edi.
Bundan tashqari¸ Gonsalez restoranlar tarmog'i kompyuter serverini buzishga uringanlik hamda 40 million kredit karta ma'lumotlarini o'g'irlaganlikda ham ayblangan. O'shanda u bir umrga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin edi. Ammo Gonsalez AQSh maxfiy xizmatlariga ma'lumot yetkazib beruvchi sifatida yollanganidan so'ng jazolanmadi.
G'ozir esa uni ustidan ikkita mahkama jarayoni o'tkazilishi kutilayapti. Birinchi mahkama 2009 yil sentyabrida, ikkinchisi esa 2010 yilda bo'lishi aytilmoqda.

Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 999 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz