Internet-syorfing ishqibozlari hamda ish faoliyati
yuzasidan ko'p vaqtini internetda o'tkazishga majbur
kishilar quyidagini bilib qo'yganlari ma'qul: Internetda
ishlash yuzaki fikrlashga olib keladi.
Amerikalik bir guruh ruhshunoslar odamlardagi
fikrlash sifatining pasayishi va internetda ishlash o'rtasidagi
qonuniy bog'liqlikni aniqlashdi. "Saytlarni tezkor va
muntazam ravishda ko'rib chiqish ko'nikmasi shunga olib
keladiki, inson miyasi tizimli va chuqur fikrlash qobiliyatini
yo'qota boshlaydi", - deydi tadqiqotchilar guruhining
rahbari, kibernetik axborot sohasidagi yetakchi amerikalik
mutaxassis Nikolas Karr.
Olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko'rsatmoqdaki, kishi internetda ishlaganda odam miyasining
qisqa muddatli xotira va tezkor qarorlar qabul qilish uchun
javobgar bo'lgan qismigina doimiy ravishda ishga tushar ekan.
Buning natijasida, muammolarni batafsil va chuqur, shu jumladan
fundamental tarzda tahlil qiluvchi zonalardan farqli o'laroq
faqat shu zonalar mashq qilib, rivojlanadi. Qolganlari esa,
jonlantiruvchi nerv impulslarini olmasdan, deyarli
"muzlab" qoladi va inson chuqur fikrlash qobiliyatini
yo'qota boshlaydi. Muammolar va voqealarni chuqur tahlil
qilishning imkoni bo'lmay qoladi, shu bois ko'p vaqtini
internet-sahiflarni "varaqlash" bilan o'tkazuvchi
kishilarning xatti-harakatlari ham impulsiv bo'ladi.
Internetda ishlashning ushbu xususiyati hozir
dunyodagi ko'pgina yirik texnologik kompaniyalarga ham
ma'lum. Shuning uchun bunday kompaniyalarda faoliyat
ko'rsatuvchi mutaxassislar internetdan axborot olish va
oflaynda ilmiy hamda texnikaviy adabiyotlarni o'qish orasidagi
muvozanatga amal qilish majburiyatini olishadi.
Qizig'i shundaki, tadqiqotchilar guruhining
rahbari Nikolas Karrning o'zi internet ishqibozi emas. Xususan,
u 2005 yilda "Jonsiz Veb 2.0" maqolasini, ikki yil oldin
esa, «Google bizni axmoqroq qiladimi?» maqolasini chop
etgan.
Intellektual faoliyatdagi o'zgarishlardan
tashqari, Internet foydalanuvchilar uchun boshqa xavf-xatarlarga
ham to'la.
|