Главная » 2010»Октябрь»8 » INSONIYAT YALANG'OCH HOTINLARNI DEB HALOK BO'LMOQDA!
20:15
INSONIYAT YALANG'OCH HOTINLARNI DEB HALOK BO'LMOQDA!
Ayollarning yalang'och badanini ko'p tomosha qilish odatda saraton
kasalligi bilan tugaydi (erkaklarda). Bugungi kunning eng qudratli
ommaviy qirg'in quroli nima, bilasizmi? Striptizchiqizlar! Ma'lum
bo'lishicha, ayollarning yalang'och badanini ko'p tomosha qilish
erkaklarda prostata bezi saraton kasalligini keltirib chiqarar ekan.
Demak, sivilizatsiyalashgan insoniyat qandaydir yadro bombasi yoki
tabiiy resurslarning yetishmasligidan emas, balki yalang'och
hotinlarning ko'payib ketganligidan halok bo'layotgan ekan. Oqibatda
sayyoramizda faqat musulmonlar qolsa kerak!
Bu alaqsirash yoki
futuristik romanning qisqacha mazmuni emas. Bunday apokalipsis
yaqinlashib kelayotganligi chakana odam emas, balki mashhur shifokor,
birinchi sovet kosmonavtlarini parvozga tayyorlagan, «Stressning ruhiy
antropologiyasi» deb nomlangan monmumental tadqiqot muallifi, akademik
Leonid Kitaev Smik aytmoqda.
Eng qizig'i, dinga mutlaqo aloqasi
bo'lmagan dunyoviy olimning hulosalari jinsiy zrkinlikni taqiqlovchi
samoviy diynlarning hukmlari bilan bir hil bo'lib chiqmoqda. Akademik
ushbu ilmiy haqiqatni «Rossiya hayot uchun» deb nomlangan elektron
nashrga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
— So'nggi o'n
yilliklar davomida adenoma (bezarar o'sma) va prostata raki bilan
kasallanish yevropacha, amerikacha sivilizatsiya hukm surgan
mamlakatlardagi erkaklarni epidemiya kabi qamrab oldi. Asrimizning
boshiga kelib, erkaklarning 40 foizida adenoma uchragan bo'lsa, 40
yoshdan oshganlarning yarmi bu kasallikka chalingan. AQShlik
patologoanatomlar 60 yoshdan oshib vafot etgan erkaklarning 80 foizida
prostata raki bo'lganligini aniqladilar. Boshqacha qilib aytganda,
ularning ko'pchiligi bu kasallikning fojiali, azobli oqibatlarini
ko'rib ulgurmay o'lib ketishgan. Biroq, jumboqni qarangki, musulmon
mamlakatlarda erkaklar onkologiyasida bunday ko'rsatkich yo'q!
– Nega ahir g'arb mamlakatlarida tibbiyot kuchliroq rivojlangan, ularda turmush farovonligi ham yuqoriroq-ku?!
–
Men shunday hulosaga keldim. «Iste'molchilik jamiyati» hukm surayotgan
mamlakatlarda so'nggi o'n yilliklar davomida ayollarning
qaddi-qomatini, jismoniy go'zalligini – ilmiy til bilan aytganda,
ikkilamchi jinsiy belgilarini bo'rttirib turuvchi yoki ochiq ko'rsatib
turuvchi kiyimlar urf bo'ldi. Ayollarning qorniyu kindigini ochib
yurishi oddiy holga aylanib qoldi. Streych-djinsilaru yoqavayron
dekoltelarni ko'rgan erkaklarning ko'zi olma-kesak teradi…
Bularning
bari jinsiy ehtirosni uyg'otuvchi seksual signallar hisoblanadi.
Shaharda yashovchi erkak bunday signallarni kuniga o'rtacha 100-200
marta qabul qiladi, bundan hosil bo'lgan ehtiros esa qondirilmagach,
miyaga siqib chiqariladi. Erkak buni ko'rib, ko'rmaganlikka olishi ham
mumkin, biroq qonga androgenlar to'la miqdorda ajralib chiqadi. Ammo
rng muhim gap mana shu yerda rkan! Androgenlar qonga katta (onkologik
jihatdan bezarar) hajmda emas, balki o'rtacha dozada ajralib chiqadi,
bu doza esa kantserogen (saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi)
miqdordir! Natijada tez-tez qo'zg'alib turgan, lekin nafsi
qondirilmagan erkak organizmi ichdan yemiruvchi kantserogen hujumga
uchraydi, bu esa ohir oqibatlarga olib keladi.
– Kechirasiz, lekin sizningcha har bir qo'zg'alish jimo' bilan qondirilishi kerak bo'ladimi?
–
Ha, tabiatning qonuni shunday. Erkak va ayol o'rtasidagi yaqinlik –
nasl qoldirish vositasi bo'lib, u har qanday holatda ham organizm uchun
foydalidir. Darvoqe, shuning uchun ham diyn nikohni va er-hotin
o'rtasidagi yaqinlikni rag'batlantiradi.
Bu hodisaning
fiziologiyasini lo'nda qilib tushuntirish uchun hayvonlar hayotidan
misol keltiraman. Urg'ochi hayvon instinkt asosida eng yahshi erkak
hayvonni, yashovchan nasl qoldira oladigan erkakni qidiradi, bunday
talabga javob bermaydiganlarini esa o'zidan nari haydaydi. Biroq ana
shu haydalgan, qo'shilishdan mahrum qilingan erkak hayvonlardagi jinsiy
qo'zg'alish saqlanib qoladi… u qondirilmaydi, balki majburan
so'ndiriladi… Ularning qonidagi androgenlar tarkibi esa o'rtacha
miqdorligicha, ya'ni onkologik jihatdan havfli miqdorda saqlanib
qolaveradi. Vaqt o'tishi bilan ularning mijozi susayadi, so'ng bu narsa
rakka aylanadi. Shu tariqa zaif, «talabga javob bermaydigan» erkaklar
brak qilinib, «tabiiy tanlanish» natijasida yo'qolib ketaveradi.
Fanda
esa huddi shunday jarayonlar odamlarda ham yuz berishi haqidagi
ma'lumotlar to'planib qoldi. Shuning uchun jinsiy ehtirosni
qo'zg'atuvchi ayollik ziyonatlarining ko'z-ko'z qilinishi, bo'rttirib
ko'rsatilishini «seksual stress»ni hosil qilish deb qarash kerak.
Bunday stress oqibatida murakkab «seksual tiyilish» kompleksi ishga
tushib, bu kompleks impotentsiya (mijoz sustligi) va hatto saraton
kasalligi bilan tugaydi.
– G'arbning boy va rivojlangan halqlari nima uchun qirilib ketayotganligining sababi shundami?
–
Ha, albatta, bu eng muhim mehanizmlardan biri. Men shunday hulosaga
keldim va uni hammaga yetkazishga harakat qilaman: ayollarni
yechintiruvchi moda evropa elatlarini halokat sari yetaklamoqda.
Ularning o'rnida esa dunyoda ayollarining iffati va avratini himoya
qila olgan va shu yo'l bilan erkaklarini ehtiyot qiluvchi halqlar
qoladi. Bu birinchi navbatda Islom halqlari bo'ladi.
– Biroq,
butun Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika aholisi-chi? Ular umuman
yalang'och yurishadi-ku. U yerda iqlim issiq. Ularning holi nima
bo'ladi?
– Savolingizga savol bilan javob beraman: bunday
halqlar uzoq umr ko'ryaptimi? Butun halqni olganda ham, alohida
kishilarni olganda ham, natija bir hil. Ularning madaniyati,
tsivilizatsiyasi qanday holatda? Bir narsani to'g'ri tushuningki,
yalang'och badan urf bo'lgan qadimiy yunon va rimliklarni aynan shu
narsa halok qilgan. qani ular hozir? Dunyo haritasidan yo'qolib
ketishdi-ku! Ular g'arbiy harakatlar natijasida qirilib ketmadi, ular
ichdan yemirildilar. Injilda va Qur'onda Lut qavmi haqida aytilgan
gaplar – ko'psonli misollardan biridir. Ular o'z-o'zini yemirish
yo'lidan bordilar, tabiatning qonunlarini buzdilar, uning tabiiy
mehanizmlarini barbod qildilar (darvoqe, «sodomizm», gomoseksualizm –
gedonizmning, ehtiroslar hukmronligining uchchiga chiqqan ko'rinishi
bo'lib, yarim yalang'och kiyinishning oqibatlaridan biridir). Ikkinchi
tomondan, o'z ajdodlarining an'anaviy qadriyatlariga rioya qilib
kelayotgan halqlar hamon barhayotdirlar. Bu musulmon halqlardir.
Darvoqe, bugungi slavyanlarning ajdodlari ham musulmon bo'lishgan.
Rossiyadagi barcha halqlarning XIX asrdagi ayollar libosiga bir qarang:
ayollarimizning kiyimi tanani keng, uzun etakli ko'ylaklar, sarafanlar
bilan yashirib turgan, ularning qaddi-qomatlariga hech qayerda yopishib
turmagan, ko'kraklarni esa mutlaqo bilintirmay turgan. Bu yorqin,
bayramona, rang-barang (ko'pincha ko'proq qizil rangda) bo'lgan, biroq
bunday libos ayolni bezatgani holda, erkaklarni o'ziga jalb qilib
turgan… lekin erotik qo'zg'atuvlarsiz bo'lgan.
Qadimiy rus
freskalarini, ikonalar, qo'lyozlarni ko'ring, o'tgan asr honimlarining,
rus dehqon ayollarining suratlariga qarang – ayollar libosi naqadar
chiroyli, iffatli bo'lgan! XXI asrning ko'pchilik ayollari esa
o'zining yalang'och oyoqlari va ochiq yoqalari bilan tom ma'noda
erkaklar salomatligiga qabr kavlamoqda. Hilvat uchrashuvga yupun
otlanayotgan har bir «go'zal» birgina kishining ko'nglini olishi
mumkin, biroq yo'lda uchragan o'n kishini nogiron qiladi. Striptizchi
qizlarni esa g'arb sivilizatsiyasini jismonan nosog'lom erkaklar
jamiyatiga aylantirib ulgurgan «ommaviy qirg'in quroli» deb bemalol
aytish mumkin.
– Ho'sh, bu vaziyatdan chiqish yo'li bormi?
Qiyin joyi shuki, Rossiya – o'nlab turli millat va diynlarning
vakillari yashayotgan ulkan mamlakatdir. Qadimiy yunonlarga o'hshab
qirilib ketmaslik uchun hamma birlashib biror ish qilishi mumkinmi?
–
Bu juda oson. Modaga ta'sir qilish mehanizmlari bor-ku. Go'zallik va
Nufuzlilik ifodasi sifatida, hususan, ommaviy ahborot vositalari orqali
modaga ta'sir ko'rsatish kerak. «Modani biroz orqaga, halqlarimizning
an'anaviy liboslari tomon qaytaramiz!» degan aniq signal berish kerak –
qarabsizki, olam guliston! Yana qaytaraman: libos madaniyati diyniy an'analarga rioya qilgan barcha halqlarda bo'lgan. Ming
yil orqaga, «oltin asrlar»ga qaytishga chaqirish kerak emas, go'zallik
va salomatlikning optimal nisbatini tiklasak, libosning asl
maqsad-mohiyatini to'g'ri tushunsak bo'ldi. Sizni ishontirib aytamanki,
o'shanda hatto butun dunyoni kiyintirayotgan hitoyliklar ham, bizning
buyurtmamiz bo'yicha «g'arb modasi»ni emas, biz so'ragan narsani
yetkazib bera boshlaydi.