Imomi A'zam vasiyatlari: * Har ishni shoshmasdan,ehtiyotkorlik bilan qil. * Har namozdan keyin,Qur'on öqish va zikrga vaqt ajrat. * Gaplashganda ovozingni balandlatmasdan,vazmin sözla. * Har oyda bir kun bölsa ham röza tut. * Qölingda bölgan dunyo moliga va badanning salomatligiga e'tibor qil.Chunki qiyomat kuni ikkisining ham hisobini berishing lozim. * Muazzin azon chaqirishi bilan masjidda bölishga harakat qil. * Har ishda muruvvatli böl. * Zinhor baxil bölma,holing yomon böladi.Ta'magar va yolg'onchi ham bölma,muruvvatsiz qolasan. * Ilm ahllari orasidagi suhbatlardan maqsad obrö bölsa,bu majlislardan uzoq böl. * Ota-onangni,ustozingni duoda unutma. * Nasihatlarimni qabul qil.Bu gaplarimni seni va boshqalarni isloh qilish uchun aytdim.
HADISLAR: "Kishining bema'ni narsalarni tark etishi islomning gözalligidandir". Imom Ahmad rivoyati
"Gunohda davom eta turib, gunohning kechirilishini sörash Ollohning oyatlarini masxara qilishga öxshaydi". Ibn Abdu Dunyo rivoyati
"Kimki yomonlikdan saqlansa, Ollohning özi yomonlikdan saqlaydi". Tabaroniy rivoyati.
"Zulm qilishdan saqlaninglar.Albatta,zulm qiyomatda zulmat böladi..." Muslim rivoyati.
"Banda qilgan gunohi tufayli rizqidan mahrum böladi". Ibn Moja rivoyati.
|