Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Ноябрь » 26 » Iltimos ketaqol...
|
Iltimos ketaqol,
Hayotimda o'zga bor. Ajralishdik ming afsus, Birga edik baxtiyor. Endi bilsam u damlar, Qaytmas ekan hech qachon. Yonimdadir u ammo, Seni o'ylayman har on. Sen ham baxtli bo'larsan, Baxt kuladi senga ham. Ammo mening dardimga, Hech kim bo'lolmas malham. Bilar eding men seni, Sevar edim doimo. Lekin bizning taqdirning, Istagidir bu ammo. Sen ham sevarding meni, Ishonmay muhabbatga. Senla bo'lgan onlarda, Erishdim asl baxtga. Yuragimda to'la g'am, Yuzim kuladi bilsang. Yonimda o'zga biroq, Lekin qalbimda sensan. Uning barcha so'zlari, O'xshar ediku senga. Ammo uning ko'zlari, Eslatmasdi seni menga. Porlamasdi ko'zlari, Lek senday go'zal edi. Aldashni istamadim, Hammasini u bildi. Yo'qdir endi hech chora, Sabr qilaman mayli. Qurbon bo'ldi bu sevgi, O'zgalarning orzulari tufayli. Yo'limiz ayro endi, Baxtsiz bo'ldik ikkimiz. Qancha aytsak ham hech kim, Tinglamasdi so'zimiz. Uchrashmaymiz biz endi, Shuni xohladi Xudo. Senga so'nggi so'zlarim, Xayr jonim alvido! Yillar o'tgandan keyin, Meni unutarsan balki. Ammo shuni sen bilgin, Seni sevaman hayotman toki...
O'zim yozgan sher. Ummon guruhi qo'shiq qilib aytishini xohlardim, lekin mayli boshqalar aytsa ham xursand bo'laman. Sara
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 2713 |
Добавил: Shahlo2255
| Рейтинг: 1.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|