Yupqa va yengil leptoplarning yangi avlodi sanalgan ultrabuklarning ilk modellari nihoyat sotuvga chiqarildi. Ilk qurilma – Asus kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 11,6 dyum ekranga ega "Zenbook UX21” bo‘lib, u ikki yadroli "Intel Core i5” protsessori, 4 Gb DDR3 operativ xotira va 128 Gb hajmdagi SSD-xotiraga ega. Ushbu ultrabukning korpusi alyumin qotishmasidan tayyorlangan.
"Zenbook UX21” ultrabukiga katta sensorli panel, ikkita USB 3.0 porti, SD-karta uchun joy va HDMI interfeysi ham o‘rnatilgan. Noutbuk to‘la zaryadlangandan so‘ng batareya quvvati 7 soat tinimsiz ishlashga yetadi, deya yozadi "Mashable” texnoblogi.
Apparat "Microsoft Windows 7” operatsion tizimida ishlaydi. Tashqi ko‘rinishi "Apple MacBook Air” leptopiga o‘xshab ketadigan ushbu qurilma atigi ikki soniya ichida "uxlash” rejimiga o‘tadi va bu holatda ikki haftagacha qolishi mumkin.
"Asus Zenbook UX21” ultrabuki
Foto: www.ubergizmo.com
Leptopning og‘irligi 1 kilogrammdan sal ortiqroq. AQShda "Zenbook UX21” 12-oktabr kuni sotuvga chiqarildi va uning narxi 1 000 dollar atrofida. Xuddi shu summaga "Apple MacBook Air”ning eng oddiysini sotib olish mumkin.
Ikkinchi ultrabuk – Acer kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Aspire S3” bo‘lib, u ham shu haftada sotuvga chiqariladi. Unga ham ikki yadroli "Intel Core i5” protsessori, 4 Gb RAM o‘rnatilgan. Uning ekrani 13,3 dyumga teng bo‘lib, 20 gigabaytlik SSD-xotira va 320 Gb qattiq disk o‘rnatilgan.
"Acer Aspire S3” ultrabuki
Foto: www.engadget.com
Uning o‘girligi – 1,3 kg, maksimal qalinligi – 1,72 sm. "Aspire S3”ning eng oddiy konfiguratsiyali modeli narxi 899 dollarga teng. Taqqoslash uchun, 13 dyumlik "MacBook Air” esa 1 299 dollar turadi. Apple noutbukida odatiy qattiq disk emas, faqat SSD-xotira ishlatiladi, shuning uchun ham uning narxi qimmatroq.
Eslatib o‘tamiz, ilk ultrabuklar "Computex 2011” ko‘rgazmasida namoyish qilingan edi. Ushbu sinfga kiruvchi leptoplarga flesh-xotira bazasidagi SSD-xotira qo‘yiladi va bu operatsion tizimning tezroq ishga tushishiga yordam beradi. Batareya quvvati eng kamida 5 soatga yetadi va narxlari esa 1 000 dollargacha. Intel kompaniyasining prognozlariga ko‘ra, kelasi yil oxirlariga kelib barcha sotilgan noutbuklarning 40 foizini ultrabuklar tashkil qiladi.
infoman.uz
IDCanalitik kompaniyasi turli qurilmalarda Intеrnеtdan foydalanish istiqbollariga taalluqli yangi hisobotini taqdim etdi. Ekspеrtlarning so‘zlariga qaraganda, 2015-yilga kеlib, jahon tarmoqlariga o‘zlarining mobil qurilmalaridan kiruvchi foydalanuvchilar soni kompyutеrlar va boshqa simli qurilmalar yordamida Intеrnеtga kiruvchilar sonidan ortib kеtadi.
IDC kompaniyasining taxmin qilishicha 2010-yildan 2015-yilgacha smartfonlar, planshеtlar va shu kabilar asosida intеrnеt-foydalanuvchilari soni yiliga 16,6 foizga ortib boradi, kompyutеrdan foydalanish esa qisqarib boradi.
Planshеtlar va smartfonlar kabi qurilmalardan borgan sari ko‘proq foydalanish mobil Intеrnеtning kеngayib borishiga imkon bеradi. AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya kabi mintaqalarda bu holat, ayniqsa, sеzilarli. Bundan tashqari, ekspеrtlar tomonidan butun dunyoda Intеrnеt-foydalanuvchilari soni 2010-yilda 2 milliarddan 2015-yilga kеlib, 2,7 milliardgacha ortishi, Jahon O‘rgimchak to‘ridan Yer kurrasining 40 foiz aholisi foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi tahmin etilmoqda.
O‘zbеkiston alova va axborotlashtirish agеntligining ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatimizda Intеrnеt tarmog‘idan foydalanuvchilar soni iyun oyi oxiriga kеlib, 7,7 mln.ni tashkil etgan, ulardan 4,27 millioni — mobil aloqa orqali intеrnеtdan foydalanuvchilardir.
infocom.uz