Bu moslama ilk marotaba 1964-yilda Duglas Engelbart tomonidan ishlab chiqilgan. Uning tuzilishi ikkita tishli halqadan iborat bo`lib, o`zaro perpendikulyar joylashgan va bitta o`q atrofida aylanadigan qilib joylashtirilgan edi. Aynan shu buyum yaratilishi natijasida kompyuterda ishlash talay qulayliklarga ega bo`ldi. Bugungi kunda sichqonchaning ko`plab ko`rinishlarini uchratish mumkin.